Izoh: Komissiyaning a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda,uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga
8-ILOVA
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid
DAVLAT DASTURI
TG’r
|
Amalga oshiriladigan tadbir
|
Bajarish muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
Sarf-xarajatlar
(mln. so’m)
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija
|
I. DAVLAT VA JAMIYaT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
|
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
|
1.
|
«Parlament nazorati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Ombudsman, AQHMI, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada parlament nazoratining yangi shakli sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o’rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo’yicha tegishli choralar ko’rish nazarda tutiladi.
|
2.
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o’rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo’shma qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)
|
-
|
-
|
Oliy Majlis palatalari qo’shma qarori loyihasi. Loyihada:
hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10 — 12 kun davomida bir tumanda bo’lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o’rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi;
Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o’rganish natijalari bo’yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o’tkazish;
Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutiladi.
|
3.
|
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI,
Oliy sud, Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada qonun normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi, «Davlat h�kimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi, «Parlament nazorati to’g’risida»gi qonunlarga moslashtirish;
ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.
|
4.
|
Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qo’shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI,
TIV,
TIAISV
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Bunda Oliy Majlis palatalarining:
davlatning tashqi siyosati amalga oshirilishi, xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari mustahkamlanadi;
xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi;
O’zbekistonning milliy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun parlament diplomatiyasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
|
5.
|
Aholining senatorlar va deputatlar bilan o’zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi
|
-
|
-
|
Ijrochilarning qo’shma kompleks chora-tadbirlar dasturi.
Bunda parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglaridan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini majburiy yuborish orqali hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
|
6.
|
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Adliya vazirligi, AQHMI, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada quyidagilarni tartibga solish nazarda tutiladi:
partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko’rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish;
tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo’yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish;
Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo’limlarining vakillarini biriktirib qo’yish.
|
7.
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining ijrochi kotiblari lavozimini ta’sis etish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)
|
80,0
|
Siyosiy partiyalar mablag’lari
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori loyihasi.
Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining ijrochi kotiblari o’z partiyalari siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilish ishini tashkil etishga, ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraktsiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqishga, fraktsiya a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’maklashish nazarda tutiladi.
|
8.
|
Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimini ta’sis etish.
|
2017 yil II chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi
|
50,0
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Parlament va ijroiya hokimiyati organining qonun ijodkorligi sohasidagi, shuningdek, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
9.
|
Oliy Majlis palatalarining axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy bo’linmalarini tuzish.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI
|
200,0
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi.
Oliy Majlis palatalarining qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi.
|
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
|
10.
|
O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Kontseptsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,
AQHMI, DBA, SMTI, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.
Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi funktsiyalarni bajaradigan davlat organlari, turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo’shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi.
|
11.
|
Yangi tahrirdagi «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
AQHMI, DBA, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish;
viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning o’z faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish;
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini aniqlashtirish;
xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini ta’sis etish.
|
12.
|
Davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining «Davlat mulkini boshqarish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Davlat raqobat qo’mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish;
davlat unitar korxonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilg’or shakllarini (benchmarking) joriy etish;
ustav kapitalida davlat ulushi bo’lgan korxonalarda korporativ boshqaruvning ilg’or usullarini joriy etish nazarda tutiladi.
Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining eng ilg’or usullarini qo’llagan holda davlat mulkidan foydalanish samaradorligi keskin oshiriladi.
|
13.
|
Davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga qaratilgan «Davlat va xususiy sheriklik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Mehnat vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy xo’jalik sudi, Davlat raqobat qo’mitasi, Savdo-sanoat palatasi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asosiy yo’nalishlari, ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, bu boradagi loyihalar amalga oshiriladigan ustuvor sohalar tartibga solinadi.
|
14.
|
«Davlat boshqaruvi asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat boshqaruvi asoslari, davlat boshqaruvi organlari turlari (vazirlik, davlat qo’mitasi, agentlik, inspektsiya, markaz), ularning vazifa va vakolatlarini belgilash mezonlari tartibga solinadi.
|
15.
|
«Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Loyihada davlat organlarining o’z vakolatlari doirasida fuqarolarning talabiga ko’ra, muayyan yuridik faktni belgilash, o’zgartirish, to’xtatish, saqlash, o’tkazish yoki tugatish bilan bog’liq faoliyat tartibga solinadi.
|
16.
|
«Davlat xizmati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, AQHMI, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatiga ishga o’tish, xizmatni o’tash va xizmatdan ketish masalalari, bu boradagi kafolatlar tartibga solinadi.
|
17.
|
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarida mehnatga haq to’lash va mehnatni normalashni tartibga soluvchi o’zgartish va qo’shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Mehnat vazirligi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat xizmatini moliyalashtirish, davlat xizmatchilarini moddiy rag’batlantirish, mehnatiga haq to’lash va ijtimoiy ta’minlash tartibini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
18.
|
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
«Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi Qonun normalarini tanqidiy o’rganish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Shu jumladan:
rasmiy idoraviy veb-saytlarga davlat xizmatlari ko’rsatishni, ma’muriy tartib-taomillarini qo’llashga oid masalalar yuzasidan barcha qaror va hujjatlarni joylashtirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish.
|
19.
|
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish.
|
2017 yil IV chorak
|
Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:
Axborot xizmatlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyatining muhim jihatlari bo’yicha tizimli asosda matbuot-anjumanlari, «brifinglar» tashkil etib borish;
Axborot xizmatlari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha maxsus o’quv kurslarini tashkil etishga qaratilgan.
|
20.
|
Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish.
|
2017 yil II chorak
|
Davlat raqobat qo’mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha:
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini cheklab borish:
davlat unitar korxonalarining sonini qisqartirish va davlat xizmatlarining ayrim turlarini amalga oshirishda xususiy sektorni jalb etish;
boshqaruvning bilvosita usullarini keng qo’llashga oid mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadi.
|
|