O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-ii-sonli «Elektron rakamli imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan




Download 16.02 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2023
Hajmi16.02 Kb.
#72712
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu buxgalter
fizika 10 uzb, 15, I.ch.m.t prezentatsiya, BIZNES VA TADBIRKORLIK BO\'YICHA TUSHUNCHA , Elektron tijorat test hemisga (5), Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari №1. Fan bobi – 1;, Iqtisodiy tahlil darslik, 8-sinf 4-chorak, 08-PV compressed, 3-ish, zuhra malika, ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri, 4-топширик, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil

O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II-sonli «Elektron rakamli imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan.
elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi;
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi.
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs.
elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish.
elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini https://e-imzo.uz internet manzilidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar uzaytirib olish mumkin.
ERI kaliti foydalanish kengligi
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, gi qonuniga asosan elektron raqamli imzo elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘lda qo‘yilgan imzoning to‘kis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning o‘zgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
ERI kalitni qanday olish mumkin
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.


  1. Download 16.02 Kb.
  1   2   3




Download 16.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-ii-sonli «Elektron rakamli imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan

Download 16.02 Kb.