|
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tish sabablariva zrurligi mavud muammolar
|
bet | 4/4 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 106,5 Kb. | | #118370 |
Bog'liq 1495536609 68307Ishlab chiqarish imkoniyatlari
Iqtisodiyot ixtiyorida turgan mavjud resurslar va bilimlar hisobiga har qanday ikki xil mahsulotni maksimal hajmda ishlab chiqarish mumkinligi — bu ishlab chiqarish imkoniyati.
Korxona yoki ishlab chiqarishni ma'lum vaqt oralig'ida va malum ishlab chiqarish sharoitida eng ko'p mahsulot bera olish imkoniyati — uning ishlab chiqarish quwati. Buni 1-chizmada ko'ramiz.
Ikki xil ishlab chiqarishning quyidagi kombinatsiyalari berilgan bo'lsa, ular dan qaysi biri samarali yoki samarasiz, ya'ni amalga oshirish mumkin bo'lmagan variant hisoblanadi:
birlik don yig'ish kombayni va 20 birlik changyutkich;
birlik kombayn va 10 birlik changyutkich.
1-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i. 3.2 birlik kombayn va 25 birlik changyutkich;
4.30 birlik changyutkich va 6 birlik kombayn;
5.4 birlik kombayn va 30 birlik changyutkich.
Bu misolda 1,5-kombinatsiyalar foydali ishlab chiqarish hisoblanadi, chunki nuqtalar ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida turibdi. Chiziqning ichkarisida turgan m nuqtadagi 3-kombinatsiya samarasiz va tashqarida turgan Anuqtadagi 4-kombinatsiya mumkin bo'lmagan holat hisoblandi, unga erishish uchun fan-texnika sohasidagi ixtirolarni qo'llash, foydali qazilmalaming yangi kon-larini topib, ishga solish zarur. Faraz qilinsa, agar jamiyatda 25 birlik changyutkich va 4 birlik kombayn ishlab chiqarilayotgan bo'lsa, lekin kombaynga talab 2 birlikka oshsa, uni qondirish uchun changyutkich ishlab chiqarishni qanchaga kamaytirish zarur?
Boshqacha aytganda, irlik changyutkich o'rniga 13 birlik ishlab chiqanladi, ya'ni ishlab chiqarish hajmi 12 birlik miqdorga kamayadi. Demak, 2 birlik kombayn = 12 birlik changyutkichga teng keladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari:
resurslarning cheklanganligi, kamyobligi;
iqtisodiyotning samaradorligi;
iqtisodiy tanlov;
alternativ xarajatlar to'g'risida ma'lumot beradi.
Bozor — tovarlarni ixtiyoriy ayirboshlash yo'li bilan taqsim-lashning ijtimoiy mexanizmi.
Ratsional (foydali) harakat — resurslar cheklangan sharoitda eng kam sarf- xarajat qilib, foydani maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan iqtisodiy harakat.
Ratsional harakat, ya'ni foydaga erishish uchun bo'ladigan harakat xarajatlarsiz bo'lmaydi. Shuning uchun xarajat bilan foyda, olingan natijalartaqqoslanadi. Masalan, foydali harakat qilib ishchi ish haqi oladi, tadbirkorlar — foyda, iste'molchilar esa qoniqish hosil qiladi. Olingan foyda yoki zararga qarab, ularning yurish-turishlari ham o'zgaradi.
Ishlab chiqarish omillari — mehnat, yer, mashina, asbob-anjomlar, binolar va xomashyolarni mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlami bajarishdagi foydalanish xarajatlari.
Ko'rinib turibdiki, hodisa va jarayonlami iqtisodiy tahlil qilish usul va qoidalari bir-biri bilan bog'lanib ketadi, biri ikkinchisini to'ldiradi. Bunda to'plangan haqiqiy ma'lumotlar tartibga solinadi, tushuntiriladi va umumlashtiriladi. Barcha fanlar empirikdir, ya'ni ularning barchasi dalillarga asoslanadi.
Iqtisodiy tamoyil — bu umumlashtirish bo'lib, o'zida bir qancha noaniq miqdoriy tushunchalarni birlashtiradi.
Iqtisodiy ma'lumotlar — dalillar, odatda, xilma-xilligi bilan ajraladi: ba'zi bir individlar (shaxslar, xo'jaliklar va institutlar) bunday harakat qilsa, boshqalari unday harakat qiladi. Iqtisodiy prinsiplar shuning uchun ko'pincha o'rtacha
miqdor sifatida yoki statistik ehtimollar sifatida shakllanadi. Masalan,
О zbekiston yen-gil sanoat korxonalarida o'rtacha mehnat unumdorligi aniq ko'r-satilgan bo'lsa yoki jamoa xo'jaliklarida o'rtacha don hosili har gektardan 45 sentner bo'lgan bo'lsa, iqtisodchilar undan kam yoki ko'p hosil olgan xo'jaliklarni shu 45 sentner hosil olganlar guruhiga qo'shgan bo'lishadi.
|
| |