• 144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq toʻlovchining hududiga kirishi
  • -modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    143-modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar 
    Soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar boʻyicha bir 
    martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq 
    organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan 
    taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli. 
    144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq 
    toʻlovchining hududiga kirishi 
    (1-q.)
    Bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining 
    tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan 
    xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) ushbu shaxsning soliq 
    tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
    (2-q.)
    Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari 
    koʻrsatilgan obyektlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan 
    taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida 
    tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan 
    hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini koʻzdan kechirishni oʻtkazishi mumkin.
    (3-q.)
    Soliq organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur 
    hududlarga yoki binolarga (bundan turar-joy binolari mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan 
    taqdirda soliq organining mansabdor shaxsi oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan 
    imzolanadigan dalolatnomani tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan 
    shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar 
    toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda 
    aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda 
    mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi. 
    (4-q.)
    Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining turar-joy 
    binolariga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xoxishiga qaramay yoki xoxishiga qarshi 
    qonunda yoki sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yoʻl 
    qoʻyilmaydi. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish