• 173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi
  • -modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    172-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish 
    (1-q.)
    Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: 
    1) axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar 
    bunday ijro etmaslik soliq monitoringini oʻtkazish uchun toʻsiq boʻlgan boʻlsa; 
    2) soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida yuridik shaxs tomonidan 
    ishonchli boʻlmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda; 
    3) soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda 
    tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta 
    va undan ortiq) taqdim etilmaganda. 
    (2-q.)
    Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan 
    eʼtiboran oʻn kun ichida, lekin soliq monitoringi oʻtkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-


    iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida 
    yozma shaklda xabardor qiladi. 
    173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi 
    (1-q.)
    Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan oʻz 
    xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer boʻyicha oʻtkaziladi. 
    (2-q.)
    Agar soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar 
    oʻrtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud 
    boʻlgan maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur 
    tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. 
    Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun 
    ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa oʻn kun davomida kiritiladi. 
    (3-q.)
    Agar taqdim etilgan tushuntirishlar koʻrib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud 
    boʻlmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab 
    qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat 
    beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
    asoslantirilgan fikrini tuzishi shart. 
    (4-q.) 
    Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda soliq organi soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab 
    chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) bilan 
    bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga 
    haqlidir. 
    (5-q.)
    Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki 
    vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya 
    aloqa kanallari orqali, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi 
    yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin. 
    (6-q.)
    Hujjatlarni qogʻoz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan 
    koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda 
    tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma 
    nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (7-q.)
    Soliq organining talabiga koʻra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron 
    shaklda hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibi 
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
    (OʻzR 11.03.2022-y. 
    OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (8-q.)
    Soliq monitoringini oʻtkazishda ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq talab 
    qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan 
    kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi. 
    (9-q.)
    Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni boʻlmasa, yuridik shaxs 
    talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini oʻtkazuvchi 
    mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida sabablarini hamda u talab 
    etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi 
    mumkin boʻlsa, oʻsha muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq 


    organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan eʼtiboran 
    ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga 
    yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda alohida qaror chiqariladi. 
    (10-q.)
    Soliq monitoringini oʻtkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari 
    soliq organiga tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab 
    qilishga haqli emas. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish