4) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun
birlashtiriladigan mablagʻlar;
5) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari
(ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda,
ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qoʻshilgan hissa miqdorida olingan mablagʻlar;
6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida
boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar;
6-1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni
boshqaruvchilar tomonidan
umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp
kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan
hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar;
(OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan band)
7) qonunchilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat
tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
qarorlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar;
9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan
grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar;
10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi)
tarzida olingan
mablagʻlar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki
vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishi
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud
boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan kelib
tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar
shartlarida bu xarajatlarning oʻrnini qoplash nazarda tutilgan boʻlsa, vositachidan yoki ishonchli
vakildan chegirib tashlanmaydi;
12) moliyaviy ijara (lizing) obyektining qiymati oʻrnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)
tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining
qismi tarzida qoplash;
13) mol-mulk ijarasiga doir shartnoma boʻyicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara
(lizing) mustasno;
14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan
texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar;
15) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan
shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk;
16) kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk (mablagʻ jalb
qilishni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa shunday mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk,
shu jumladan qarz qimmatli qogʻozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash
hisobidan mablagʻlar yoki
boshqa mol-mulk;
17) konsessiya bitimi boʻyicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining
qaroriga koʻra olingan mol-mulk;
19) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli
qogʻozlari boʻyicha olingan daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston
Respublikasi tomonidan va
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha
daromadlar;
20) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va
jarimalarning summasi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)