va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan
olinadigan daromadlar (zararlar)
299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar)
300-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga
voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar
301-modda. Ilgari chegirib
tashlangan xarajatlarning
yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad
302-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar
303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar boʻyicha daromadlar
304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar
297-modda. Umumiy qoidalar
(1-q.)
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning
hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida
olingan daromadlardan
iboratdir.
(2-q.)
Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini inobatga olmagan holda
aniqlanadi.
(3-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu boʻlimda daromad
deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim boʻlgan
daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi
daromadlar kiradi:
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromad;
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha mukofot tarzidagi
daromad;
3) sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari
boʻyicha daromadi;
4) REPO operatsiyalari boʻyicha daromad;
5) qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalariga doir
operatsiyalar boʻyicha ushbu Kodeksning 327-329-moddalariga muvofiq olingan daromad;
6) amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning ushbu Kodeksning 298-
moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni tahriridagi band)
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish boʻyicha pul mukofoti
tarzidagi daromad;
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara
(lizing) mustasno;
9) royalti;
10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa
mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad;
12) qonunchilikda belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan
chiqarishdan olingan
daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan
xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi band)
13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga
voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad;
14) ushbu Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki
zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad;
15) ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan
olinadigan daromad;
16) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda
ishtirok etishdan
olingan daromad;
17) qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga
kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan
jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash
summalari;
18) ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
19) dividendlar va foizlar;
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan
daromad;
21) shakllantirilish xarajatlari ushbu Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va
shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari;
22)
aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining)
qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)
kamayishi munosabati bilan olgan daromad;
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad;
24) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar
kiritish tufayli olingan daromad;
25) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan
chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
25-1) ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan hollarda va tartibda
soliq bazasiga tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish
natijasida olingan daromad;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
band)
26) alohida hisobi mavjud boʻlmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli
mablagʻlar tarzidagi daromad (bundan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari qoʻllaniladigan
budjet mablagʻlari mustasno);
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
27) ushbu qismning 1-26-bandlarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlar.
(4-q.)
Daromadlar soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi
hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga
doir hujjatlar asosida aniqlanadi.
(5-q.)
Jami daromad ushbu boʻlim maqsadlarida pul, natura shaklida va (yoki) boshqa
shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan olingan, qiymati chet
el valyutasida ifodalangan
daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
(7-q.)
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, mol-mulkning va pulda ifodalanadigan bahoga
ega boʻlgan nomulkiy huquqlarning qiymati va (yoki) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish
chogʻida huquqiy vorislik tartibida olinadigan (oʻtkaziladigan), qayta tashkil etilayotgan yuridik
shaxslar oʻzining qayta tashkil etilish sanasiga qadar olgan majburiyatlarining qiymati yangi
tashkil etilgan, qayta tashkil etilayotgan va qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari
deb eʼtirof etilmaydi.
(8-q.)
Agar daromadni buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq
eʼtirof etish daromadni ushbu Kodeksga muvofiq aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa,
mazkur daromad soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(9-q.)
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa,
buxgalteriya hisobi
toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati
oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan daromadlarga soliq solish
maqsadidagi daromadlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda olingan daromadlar mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(10-q.)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, daromadni eʼtirof
etish sanasi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq aniqlanadi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(11-q.)
Soliq toʻlovchining daromadlariga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 332-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-q.)
Agar muayyan bir daromad daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan
boʻlsa, jami daromadni aniqlashda mazkur daromad faqat bir marta kiritiladi.