-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/352
Sana21.05.2024
Hajmi2,93 Mb.
#248757
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   352
Bog'liq
soliq kodeksi 2023

302-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan 
olingan daromadlar 
(1-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar deganda faoliyati soliq toʻlovchining asosiy 
faoliyatiga xizmat koʻrsatishga qaratilgan va soliq toʻlovchining asosiy faoliyati doirasida tovarlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjaliklar tushuniladi. 
(2-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) yordamchi xoʻjaliklar; 
2) uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari: uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik 
mehmonxonalar bundan mustasno), tashrif buyuruvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi 
obodonlashtirish obyektlari, sunʼiy inshootlar, choʻmilish havzalari, plyajlarning inshootlari 
hamda asbob-uskunalari, aholini gaz, issiqlik va elektr bilan taʼminlash obyektlari, uy-joy-
kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash uchun 
moʻljallangan uchastkalar, sexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va 
mexanizmlar, omborxonalar; 


3) ijtimoiy-madaniy soha obyektlari: sogʻliqni saqlash va madaniyat obyektlari, bolalar 
maktabgacha taʼlim obyektlari, bolalarning dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), 
dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport obyektlari, aholiga maishiy xizmat 
koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar, 
kirxonalar, tikuvchilik ustaxonalari hamda maishiy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar); 
4) oʻz xodimlariga yoki oʻzga shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi 
umumiy ovqatlanish punktlari, oʻquv kombinatlari va shunga oʻxshash boshqa xoʻjaliklar, ishlab 
chiqarishlar hamda xizmatlar. 
(3-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi 
xoʻjaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarning 
summasi bilan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning umumiy faoliyatiga bogʻliq xarajatlarning 
summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. 
(4-q.)
Ushbu boʻlimga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar xizmat 
koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat koʻrsatuvchi 
xoʻjaliklardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi. 

Download 2,93 Mb.
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish