• 241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi
  • -modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet173/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi 
    Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston 
    Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi: 
    1) tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning 
    hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa; 
    2) tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston Respublikasi 
    hududida turgan boʻlsa. 
    241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 
    (1-q.)
    Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, basharti bunday 
    xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi.
    (2-q.)
    Agar xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni 
    (uning filiallarini yoki vakolatxonalarini) yoki jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 
    asosida haqiqatda hozir boʻlsa, mazkur hudud xaridorning faoliyatni amalga oshirish joyi deb 
    eʼtirof etiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan taqdirda, xaridorning Oʻzbekiston Respublikasi 
    hududida haqiqatda hozir boʻlishi yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy yoki uni 
    boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan yer (agar xizmatlar ushbu doimiy muassasa 
    orqali olingan boʻlsa), jismoniy shaxsning yashash joyi asosida belgilanadi. 
    (3-q.)
    Quyidagi hollarda ham Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya 
    qilish joyi deb eʼtirof etiladi, agar: 
    1) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mol-mulk bilan bevosita 
    bogʻliq boʻlsa. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, arxitektura loyihasini ishlab chiqish, qurilish 
    faoliyatini tayyorlash va muvofiqlashtirish, arxitektura va qurilish faoliyati ustidan mualliflik va 


    (yoki) texnik nazorat bilan bogʻliq boʻlgan qurilish, montaj qilish, qurilish-montaj xizmatlari, 
    koʻchmas mol-mulkka doir ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish ishlari, 
    koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mol-mulkni ijaraga berish kiradi; 
    2) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlgan koʻchar mol-mulk bilan 
    bevosita bogʻliq boʻlsa, bundan transport vositalarini ijaraga berish mustasno. Bunday xizmatlar 
    jumlasiga, xususan, koʻchar mol-mulkni montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish, qayta 
    ishlash, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, saqlash kiradi; 
    3) umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, dam olish va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar, 
    turizm, mehmonxona xizmatlari va joylashtiruvi, madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport
    oʻqitish (taʼlim) sohasidagi, shu jumladan malaka imtihonlari oʻtkazish, seminarlar, malaka 
    oshirish kurslarini, pullik koʻrgazmalarni, konferensiyalarni, simpoziumlarni va boshqa shunga 
    oʻxshash tadbirlarni tashkil etishga doir xizmatlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
    koʻrsatilsa. Ushbu bandning qoidalari elektron shaklda koʻrsatiladigan oʻqitish (taʼlim) sohasidagi 
    xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    4) tashish va (yoki) transportda tashish boʻyicha xizmatlar yoxud bevosita tashish va (yoki) 
    transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlar quyidagilar tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa: 
    a) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar 
    tomonidan, agar joʻnatish punkti va (yoki) belgilangan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
    joylashgan boʻlsa. Ushbu kichik bandda koʻrsatilgan qoida ushbu transport vositalarida tashishni 
    (transportda tashishni) nazarda tutuvchi, kemada vaqtincha yuk tashishga doir shartnoma boʻyicha 
    (ekipaj bilan boʻlgan vaqtga) transport vositalarini berish chogʻida ham qoʻllaniladi. Bunda, agar 
    havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida 
    tashish uchun foydalaniladigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi kemada vaqtincha yuk 
    tashish shartnomasiga koʻra havo kemalarini foydalanishga berish boʻyicha xizmatlarni 
    realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi; 
    b) chet ellik shaxslar tomonidan, agar joʻnatish punkti va belgilangan punkt Oʻzbekiston 
    Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa (bundan chet el yuridik shaxslari tomonidan 
    yoʻlovchilarni, pochtani va yukni ushbu yuridik shaxsning doimiy boʻlmagan muassasasi orqali 
    tashishga doir xizmatlar mustasno). Ushbu kichik bandning qoidalari tovarlarni Oʻzbekiston 
    Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish 
    joyigacha transportda tashish chogʻida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga 
    joylashtirilgan tovarlarni bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlarga 
    hamda ushbu qismning 5-bandida koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi; 
    5) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston 
    Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha tashish chogʻida bojxona tranzitining bojxona 
    tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni tashish va (yoki) transportda tashish bilan bevosita 
    bogʻliq boʻlgan xizmatlar (bundan ushbu qismning 7-bandida koʻrsatilgan xizmatlar mustasno) 
    Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yoki chet el yuridik shaxsining 
    doimiy muassasasi yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan koʻrsatilsa; 
    6) havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston 
    Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya 
    xizmatlari koʻrsatilsa; 
    7) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tabiiy gazni quvurlar orqali tashishni tashkil etish 
    boʻyicha xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan 
    koʻrsatilsa; 
    8) ijaraga berish paytida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan transport vositalarini 
    qisqa muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq xizmatlar. Agar xizmatlar transport vositalarini uzoq 
    muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq boʻlsa, transport vositalarining joylashgan yeridan qatʼi 
    nazar, xizmatlarni sotib oluvchining faoliyatini amalga oshiradigan joyi (joylashgan yeri) bunday 
    xizmatlarning realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi. Bunda havo va dengiz kemalariga, 
    vertolyotlarga va temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibiga nisbatan shartnoma, agarda u 90 
    kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa muddatli deb hisoblanadi. Boshqa transport 


    vositalariga nisbatan bunday shartnomalar 30 kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa 
    muddatli deb hisoblanadi; 
    9) televideniyeda va (yoki) radioda, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda 
    reklamani joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshiriladigan 
    xizmatlar; 
    10) ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan elektron shakldagi xizmatlar 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar 
    tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa
    Oʻzbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi xizmatlarni 
    olish joyi deb eʼtirof etiladi; 
    a) xaridorning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa; 
    b) xaridor tomonidan xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan bank yoki xaridor 
    tomonidan xizmatlarga haq toʻlash amalga oshiriladigan toʻlov tizimlarining operatori 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa; 
    v) xaridor xizmatlarni olish chogʻida foydalangan tarmoqning manzili Oʻzbekiston 
    Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa; 
    g) xizmatlarni olish yoki xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan telefon raqami 
    mansub boʻlgan mamlakatning xalqaro kodi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan boʻlsa. 
    (4-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi, agarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan 
    xizmatlarni realizatsiya qilish joyi unda belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlmasa, ushbu 
    xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi. 
    (5-q.)
    Agar xizmatlar koʻrsatish asosiy xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi 
    xususiyatga ega boʻlsa, bunday realizatsiya qilish joyi deb asosiy xizmatlar realizatsiya qilingan 
    joy eʼtirof etiladi.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish