33-BOB. SOLIQ SOLISHDAN OZOD ETISH
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar
245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari
246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga qarash boʻyicha xizmatlarni;
(OʻzR
03.12.2020-y. OʻRQ-653-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish boʻyicha xizmatlarni;
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy
tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni oʻtkazishga doir
xizmatlarni;
4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu
jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan
buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash,
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni
taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni;
(OʻzR
17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining
mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish;
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat
boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq
toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan
shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan
tovarlar va xizmatlarni;
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq 2023-yil 1-apreldan 7) band oʻz
kuchini yoʻqotadi
7) pochta markalarini (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalarni,
konvertlarni;
8) pensiyalar va nafaqalar toʻlashga doir xizmatlarni;
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq 2023-yil 1-apreldan 9) band oʻz
kuchini yoʻqotadi
9) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini.
Mazkur soliq solishdan ozod etish tegishli moliya organining budjetdan mablagʻlar ajratish
toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi;
10) oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar
oʻtkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan:
boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan
keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlarini;
taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha
taʼlim berish boʻyicha xizmatlarni;
maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlarni,
toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan
bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni;
11) tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida
tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
tibbiy yordamga va sanitariya xizmati koʻrsatishga doir xizmatlar;
tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash boʻyicha xizmatlar;
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash boʻyicha xizmatlar;
12) veterinariya xizmatlarini. Ushbu bandning maqsadida veterinariya xizmatlari jumlasiga,
xususan, quyidagilar kiradi:
veterinariyaga oid xizmatlar koʻrsatish, hayvonlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash
boʻyicha xizmatlar;
hayvonlar va inson uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholini himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan
himoya qilish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va veterinariya-
sanitariya xavfsizligini taʼminlash;
13) dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun
moʻljallangan buyumlarni;
14) sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, shuningdek budjet tashkilotlari
tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni. Ushbu bandning
maqsadida:
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga
qarang)
a) sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar,
profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish
oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida
koʻrsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan
koʻrsatilishidan qatʼi nazar, yoʻllanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan
rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi;
b) budjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari
jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari boʻyicha oʻquv
guruhlari hamda jamoalarida sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi jismoniy tarbiya va sport
mashgʻulotlarini oʻtkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport
musobaqalarini yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar,
shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini
ijaraga berish kiradi;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi kichik band)
(Oldingi tahririga qarang)
15) yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish:
a) umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi tashish shahar transportida va yoʻlovchi tashish
avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno) mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-
son Qonuni tahriridagi band)
b) shahar atrofidagi yoʻnalishda temir yoʻl transportida;
16) uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar. Uy-
joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari
palatasining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va
taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan
xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy-joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq toʻlash
kiradi;
(OʻzR 16.08.2021-y. OʻRQ-708-son Qonuni tahriridagi band)
16-1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan
umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp
kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar
hamda bajarilayotgan ishlar;
(OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
band)
17) tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish) Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
asosida bepul amalga oshirilsa;
18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho
metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun
foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan
tashqari), zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil
boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va
granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallardan
va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni;
(OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-
son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni;
20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni, agar
bunday xizmatlar koʻrsatish shart ekanligi qonunchilikda belgilangan boʻlsa, faoliyatning
muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni
bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa toʻlovlar undiriladi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band)
21) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va
geobotanika ishlarini;
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq 2023-yil 1-apreldan 22) band oʻz
kuchini yoʻqotadi
22) budjet mablagʻlari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va
qayta tiklash davlat dasturlari doirasida koʻrsatiladigan geologiya xizmatlari;
23) xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari
hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda
tutilgan boʻlsa;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq 2023-yil 1-iyuldan 24) band oʻz
kuchini yoʻqotadi
24) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari xizmatlarini;
25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik
vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir
xizmatlar;
26) metsenatlik koʻmagi tarzida beriladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni);
27) ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni;
28) ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sugʻurta qilish xizmatlarini
va boshqa sugʻurta xizmatlarini.
(2-q.)
Ushbu moddada sanab oʻtilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir
aylanma soliq toʻlovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va
boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini
litsenziyalash lozim boʻlsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, qonunchilikka muvofiq soliq
solishdan ozod etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq solinadigan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga muvofiq soliq
solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning
268-moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida hisobini yuritishi shart.
|