• 265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
  • -BOB. SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet192/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    37-BOB. SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA 
    TOʻLASH TARTIBI. SOLIQ HISOBOTINI 
    TAQDIM ETISH TARTIBI. 
    265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
    266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish 
    266-1-modda. Soliq summalarini hisobga 
    olishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari 
    267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi 
    268-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya 
    qilish boʻyicha aylanma mavjud boʻlganda soliq summasini 
    hisobga olish uchun qabul qilish tartibi 
    269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan 
    soliq summalariga tuzatish kiritish 
    270-modda. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari, koʻchmas 
    mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha hisobga olish 
    uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish 
    271-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda hisobga 
    olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish 
    272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi 
    273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
    274-modda. Soliqning oʻrnini qoplash 
    265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
    (1-q.)
    Ushbu Kodeksning 247-257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq 
    summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi sifatida hisoblab 
    chiqariladi. 
    (2-q.)
    Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning 
    soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli boʻlgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan 


    kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan 
    barcha oʻzgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga koʻra hisoblab 
    chiqariladi. 
    (3-q.)
    Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy 
    summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq 
    stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
    (4-q.)
    Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan talablarga 
    muvofiq soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir 
    guruhi boʻyicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri boʻyicha 
    alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri 
    boʻyicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qoʻshish orqali hisoblab chiqariladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish