xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining
bojxona hududidan
tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka boʻyicha soliq solinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta
ishlash bojxona rejimiga
joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta
ishlash mahsulotlarini
keyinchalik bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq erkin muomalaga
chiqarish rejimiga
joylashtirgan holda ushbu Kodeksning 258-moddasi birinchi qismida belgilangan soliq stavkasi
boʻyicha soliq solinishi lozim.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)