• 301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad
  • -modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet218/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    300-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing 
    foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha 
    olingan daromadlar 
    (1-q.)
    Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan 
    daromadlar quyidagilarning oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi: 
    1) talab qilish huquqini oluvchi soliq toʻlovchi uchun - qarzdordan talab boʻyicha asosiy 
    qarzdan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga 
    voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati 
    oʻrtasidagi ijobiy farq
    2) talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechgan soliq toʻlovchi uchun - talab 
    qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qaysi qiymat boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, 
    oʻsha qiymat bilan soliq toʻlovchining dastlabki hisobga olish hujjatlariga binoan talab qilish 


    huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talabning 
    qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq; 
    3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi uchun - talab 
    qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish 
    xarajatlarining summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. 
    (2-q.)
    Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab 
    qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida eʼtirof etiladi. 
    (3-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan oʻzganing 
    foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra olingan salbiy farq soliq toʻlovchining zarari deb 
    eʼtirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi. 
    301-modda. Ilgari chegirib tashlangan 
    xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini 
    qoplash tarzidagi daromad 
    (1-q.)
    Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi 
    daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
    1) joriy soliq davrida oʻrni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga boʻlgan huquqlardan 
    oʻzganing foydasiga qayta voz kechish yoʻli bilan oʻrni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga 
    kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb eʼtirof etilgan talablarning summalari; 
    2) chiqimlarning (xarajatlarning) oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat 
    budjetidan olingan mablagʻlarning summalari; 
    3) sugʻurta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlangan zararni kompensatsiya 
    qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida koʻrsatilgan sugʻurta toʻlovlari 
    mustasno; 
    4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning oʻrnini qoplashdan olingan boshqa 
    kompensatsiyalar. 
    (2-q.)
    Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan boʻlsa, oʻsha hisobot 
    (soliq) davrining daromadi boʻladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish