• 305-modda. Umumiy qoidalar
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet221/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    44-BOB. XARAJATLAR 
    305-modda. Umumiy qoidalar 
    306-modda. Amortizatsiya xarajatlari 
    307-modda. Nomoddiy aktivlarni 
    amortizatsiya qilish xarajatlari 
    308-modda. Investitsiyaviy chegirma 
    309-modda. Amortizatsiya qilinadigan 
    aktivlarni taʼmirlash xarajatlari 
    310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar 
    311-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va 
    tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik 
    ishlari uchun xarajatlar 
    312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) 
    tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar 
    313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar 
    314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar 
    315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari 
    316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat 
    koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani 
    shakllantirish xarajatlari 
    317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar 
    305-modda. Umumiy qoidalar 
    (1-q.)
    Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida koʻrsatilgan yuridik 
    shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan 
    bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu boʻlimga koʻra chegirib 
    tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. 
    (2-q.)
    Ushbu boʻlim maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida 
    ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan 
    (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333-336-
    moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb eʼtirof etiladi. 
    (3-q.)
    Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan 
    oʻzini oqlagan chiqimlar tushuniladi. 
    (4-q.)
    Har qanday chiqimlar, basharti ular hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga 
    muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar deb eʼtirof etiladi: 
    1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa; 
    2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud 
    xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa; 
    3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
    tahriridagi band) 
    (5-q.)
    Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan 
    chiqimlar tushuniladi: 
    1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 


    2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qoʻllaniladigan tartibga 
    muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 
    3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, yoʻl 
    hujjatlari, shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan 
    hujjatlar. 
    (6-q.)
    Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni 
    sotib olish va hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi, shu xarajat sifatida 
    eʼtirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
    (7-q.)
    Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, 
    soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
    (8-q.)
    Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy 
    valyutada qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
    (9-q.)
    Agar buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq xarajatni 
    eʼtirof etish ushbu Kodeksga muvofiq xarajatni aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa, 
    mazkur xarajat soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (10-q.)
    Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish 
    maqsadlarida, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) 
    majburiyatlarning qiymati oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan 
    chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda toʻlangan xarajatlar mustasno. 
    (OʻzR 
    21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (11-q.)
    Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya 
    hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki 
    qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida 
    va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim. 
    (OʻzR 29.12.2021-
    y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (12-q.)
    Ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya 
    ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu 
    Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini 
    aniqlashda hisobga olinadi. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (Oldingi tahririga qarang) 
    (13-q.)
    Soliq toʻlovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 332-
    moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
    (14-q.)
    Ushbu Kodeksning 306-316-moddalari va 45-bobida koʻrsatilgan xarajatlar ushbu 
    moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga 
    kiritiladi.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish