• XV BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI
  • 59-BOB. YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ
  • 410-modda. Soliq toʻlovchilar
  • -modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet296/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    409-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab 
    chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati 
    zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik 
    daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 
    summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad 
    toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda 
    toʻlaydi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan soliqni toʻlash 
    jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha soliq organlari tomonidan 
    hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida 
    amalga oshiriladi. 
    XV BOʻLIM. 
    MOL-MULK SOLIGʻI 
    59-bob. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 


    solinadigan soliq (410 - 417-moddalar) 
    60-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan 
    mol-mulk soligʻi (418 - 423-moddalar) 
    59-BOB. YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULKIGA 
    SOLINADIGAN SOLIQ 
    410-modda. Soliq toʻlovchilar 
    411-modda. Soliq solish obyekti 
    412-modda. Soliq bazasi 
    413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
    414-modda. Soliq imtiyozlari 
    415-modda. Soliq stavkalari 
    416-modda. Soliq davri 
    417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
    hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
    410-modda. Soliq toʻlovchilar 
    (1-q.)
    Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan 
    buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
    1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq 
    solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 
    2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston 
    Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
    (2-q.)
    Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, 
    ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi. 
    (3-q.)
    Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham 
    soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish