(8-q.)
Soliq davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi, boʻnak toʻlovlar hisobga
olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi.
(9-q.)
Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan
budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10
foizdan ortiq kamaytirilgan
taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib,
penya
hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
(10-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga
oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan
soliq har yili bir marta
soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanadi.