• 421-modda. Soliq imtiyozlari
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet303/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    420-modda. Soliq bazasi 
    (1-q.)
    Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ 
    tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
    (2-q.)
    Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million soʻmdan kam 
    boʻlishi mumkin emas. 
    (3-q.)
    Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan 
    aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning shartli 
    qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida - ushbu moddaning 
    ikkinchi qismida koʻrsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq 
    joylarda esa - ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi. 
    (4-q.)
    Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boʻyicha soliq toʻlovchi boʻlgan 
    taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi. 
    421-modda. Soliq imtiyozlari 
    (1-q.)
    Quyidagilarning mulkida boʻlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi: 
    1) "Oʻzbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga 
    sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
    Mazkur imtiyoz tegishincha "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi 
    guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki 
    mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi
    2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, 
    ularga tenglashtirilgan shaxslar. 
    Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa 
    ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, 
    nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning 
    (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi;
    (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
    3) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish 
    yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
    gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya 
    yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan 
    harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
    gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). 
    Ushbu imtiyoz "Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki 
    ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)", "Oʻzbekiston 
    Respublikasi Milliy gvardiyasi halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" 
    shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu 
    muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 


    Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa 
    vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston 
    Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda 
    vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 
    tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy 
    xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
    xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. 
    Tegishincha sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya 
    qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
    gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoxud frontda boʻlish bilan 
    bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va 
    Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq 
    imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
    (OʻzR 29.10.2021-y. OʻRQ-726-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
    4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta 
    tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari 
    oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. 
    Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda 
    qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari 
    tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida taqdim etiladi; 
    5) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim 
    bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-
    joy uchun ular yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-
    son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
    (2-q.)
    Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr 
    doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
    1) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz 
    fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi 
    asosida beriladi; 
    2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
    3) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki 
    tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi; 
    (3-q.)
    Ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq 
    imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan 
    yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
    (4-q.)
    Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta 
    yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu modda 
    birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar mustasno. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish