• 62-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIGʻI
  • 433-modda. Soliq toʻlovchilar
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet311/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    432-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
    (1-q.)
    Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha 
    amalga oshiriladi: 
    aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, 
    har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay; 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son 
    Qonuni tahriridagi xatboshi) 
    aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining 
    oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 
    20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni 
    tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
    (2-q.)
    Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar 
    yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz 
    kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
    (3-q.)
    Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga 
    oshiriladi: 
    hisobot yilining 1-sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi; 
    hisobot yilining 1-dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi. 
    62-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN 
    OLINADIGAN YER SOLIGʻI 
    433-modda. Soliq toʻlovchilar 
    434-modda. Soliq solish obyekti 
    435-modda. Soliq bazasi 
    436-modda. Soliq imtiyozlari 
    437-modda. Coliq stavkalari 
    438-modda. Soliq davri 
    439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
    440-modda. Soliq toʻlash tartibi 


    433-modda. Soliq toʻlovchilar 
    (1-q.)
    Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga 
    ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi 
    dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini soliq toʻlovchilari (bundan buyon 
    ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida 
    berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer 
    uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
    soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab 
    chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi. 
    (OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi 
    qism) 
    (3-q.)
    Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar va inshootlar meros boʻyicha 
    oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari 
    uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda 
    merosxoʻrlardan undiriladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish