• 61-BOB. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIGʻI
  • 424-modda. Umumiy qoidalar
  • 425-modda. Soliq toʻlovchilar
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet306/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    XVI BOʻLIM. 
    YER SOLIGʻI 


    61-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan 
    yer soligʻi (424 - 432-moddalar) 
    62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan 
    yer soligʻi (433 - 440-moddalar) 
    61-BOB. YURIDIK SHAXSLARDAN 
    OLINADIGAN YER SOLIGʻI 
    424-modda. Umumiy qoidalar 
    425-modda. Soliq toʻlovchilar 
    426-modda. Soliq solish obyekti 
    427-modda. Soliq bazasi 
    428-modda. Soliq imtiyozlari 
    429-modda. Soliq stavkalari 
    430-modda. Soliq davri 
    431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va 
    soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
    432-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
    424-modda. Umumiy qoidalar 
    (1-q.)
    Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer 
    uchun ijara toʻlovi tarzda amalga oshiriladi. 
    (2-q.)
    Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida 
    berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer 
    uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 
    toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
    hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi. 
    (OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son 
    Qonuni tahriridagi qism) 
    (3-q.)
    Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida 
    foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydi. 
    425-modda. Soliq toʻlovchilar 
    (1-q.)
    Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga 
    ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik 
    shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar 
    deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof 
    etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan 
    (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb 
    eʼtirof etiladi. 


    (3-q.)
    Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir 
    yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi 
    deb eʼtirof etiladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish