• 418-modda. Soliq toʻlovchilar
  • 419-modda. Soliq solish obyekti
  • -BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet302/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    60-BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN 
    MOL-MULK SOLIGʻI 
    418-modda. Soliq toʻlovchilar 
    419-modda. Soliq solish obyekti 
    420-modda. Soliq bazasi 
    421-modda. Soliq imtiyozlari 
    422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri 
    423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 
    418-modda. Soliq toʻlovchilar 
    (1-q.)
    Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan 
    olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston 
    Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
    shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy 
    shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq 
    toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, 
    shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va 
    (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. 
    419-modda. Soliq solish obyekti 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan 
    olinadigan mol-mulk soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish 
    obyekti hisoblanadi. 
    1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari; 
    2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun 
    moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari; 
    3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar. 
    Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni 
    qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan 
    obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga 


    vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi 
    tugallanmagan obyektlar kiradi
    4) koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek 
    boshqa imoratlar, binolar va inshootlar. 
    (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi 
    band) (Oldingi tahririga qarang) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish