• Mustaqillik .
  • Foyda .
  • Bandlik kafolati .
  • Mavqe .
  • Moslashuvchanlik .
  • O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari




    Download 7,41 Mb.
    bet101/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    1.O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari. O‘z-o‘zini band qilish tamoyillari asosida karyerasini qurishni mo‘ljallaganlar, odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy,mavqe.
    Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun o‘ziga ishlash bilan bog‘liq asosiy katta taqdirlanish — bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. O‘z-o‘zini band qilish sizga har bir ish kunini o‘zingizga rohat bag‘ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. Masalan, rasm olishni yaxshi ko‘rsangiz, siz o‘zingizni xususiy studiyangizni tashkil etishingiz mumkin. Har safar mijoz o‘z fotoportretidan qoniqqanini bildirganda, siz ham shaxsiy qoniqish his qilasiz. Siz o‘zingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish olishingiz mumkin. O‘z-o‘zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi, xizmatlar ko‘rsatadi hamda ularga ish o‘rinlarini taqdim etadi. Ular, shuningdek, boshqa ahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni to‘lashadi. Mustaqillik. O‘z-o‘zini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir. Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko‘nikmangiz va qobiliyatingizni o‘zingiz xohlagan tarzda qo‘llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko‘proq erkinlikka ega. Ular o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlarning roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin. Foyda. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir. Foyda — bu barcha xarajatlarni to‘lagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. O‘z-o‘zingizni band qilib, siz o‘z daromadingizni boshqara olardingiz. Juda ko‘p hollarda korxonaga ko‘proq vaqt va ko‘proq harakat bag‘ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdankam uchraydi.Bandlik kafolati. Ko‘pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo‘lishniistagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatdabunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas. Mavqe. Mavqe — bu alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. O‘z-o‘zini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan o‘rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko‘pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog‘liq; ko‘pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z ismlarini ko‘rib g‘ururlanishadi. Moslashuvchanlik. O‘z imkoniyatlariga bog‘liq holda o‘zini o‘zi band qilgan kishilar istalgan xildagi va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. O‘zini o‘zi band qilish xodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi bo‘lish imkoniyatini ham beradi.


    Download 7,41 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari

    Download 7,41 Mb.