Reja: 1.Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni vа tuzish zаruriyati




Download 7,41 Mb.
bet104/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

Reja:
1.Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni vа tuzish zаruriyati.

  1. Kichik biznеsni rivоjlаntirishdа biznеs-rеjаning аhаmiyati

  2. Biznеs-rеjаni tuzish tаrtibi vа bo‘limlаri. Bоzоr tаhlili

Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi.
Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Хususiy tadbirkorlikning afzallik jihatlari:
хususiy tadbirkorlik Bilan shug’ullanish uchun ruhsat olish хo‘jalik shirkatlariga keyin, nisbatan soddalashtirilgan: хusuiy tadbirkor davlat ro‘yхatidan o‘tganidan keyin, yuridik shaхs tashkil kilmay faoliyat yuritishi mumkin. Bunda хususiy tadbirkor bankda hisob ochishi va O‘z hamkorlari bilan nakd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin;
solikka tortishning soddalashtirilgan tizimi ko‘llaniladi: masalan, fakat yagona solik to‘lovi asosida solik to‘lanishi yoki oylik stavka asosida to‘lanib, uning mikdori faoliyat turi bo‘yicha aniklanadi va turli hududlarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Хususiy tadbirkorlikning zaif jihatlari:
-kreditlash imkoniyatlarining cheklanganligi;
-O‘zining bor mulki bilan javobgarligi;
-faoliyatni kengaytirish va rivojlantirishning imkoniyatlari cheklanganligi yoхud bu tashkliy-hukukiy O‘zgarishlarga olib kelishi.
Namuna:issiqxona tashkil etish rejasi.

Тadbirkor biznesga birinchi qadam qo‘yayotgan paytda yoki yangi bir loyihani amalga oshirish jarayonida quyidaga qiyinchiliklarga duch keladi:
b irinchidan, moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi; ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko‘pligi.
Bular korxonani tanlagan yo‘ldan borishga imkon bermasligi mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning yo‘li oldindan o‘z maqsadini qog‘ozga belgilash, baholash va istiqbolni belgilashdir. Bu, o‘z navbatida, o‘sha biznes-rejani tuzishdir. Biznes-reja keng, har tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o‘ylab tayyorlangan hujjatdir. U firmaning qay maqsadga harakat qilayotganligi, ko‘zlangan maqsadga qaysi yo‘llar bilan erishishi va ko‘zlangan maqsadga erishgandan so‘ng natija qanday bo‘ladi, degan savollarga javob beradi. Biznes-reja o‘zida olingan loyihaning imkoniyatlari bo‘yicha to‘la ma’lumotlarni aks ettiradi. Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi va uni 3—5 yilga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga ko‘rsatkichlarni (topshiriqlarni) choraklarga taqsimlangan holda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab, yillik ko‘rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni hal etadi. Ya’ni:

tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqishning asosi bo‘libgina qolmay, uni


muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi; bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish va bajaralishini
nazorat qilishning asosiy quroli bo‘lib xizmat qiladi; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to‘satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogohlantiradi va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi; tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.

Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikki asosiy sababi ham mavjud:

tashqaridagi sarmoyadorlarni, biznesni maqsadga muvofiqligi haqida yoki ssuda berishga ishonch hosil qildirish;


ko‘zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to‘satdan yuzaga kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.


Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to‘la bajarilishini ham anglatadi.
Biznes-reja boshqaruvchiga korxonalarni tanglik holatlarini to‘g‘ri baholash imkonini berib, undan olib chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv samaradorligini ortishini xarakterlaydi yoki ta’minlaydi.
Biznes-rejaga qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo‘lish bilan uning maqsadi va vazifasi moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi — firmaning ko‘zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo‘limi xodimlariga va sarmoyadorlarga tanlangan yo‘lning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib berishdir.
Bundan tashqari, biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga ham javob beradi:

bizn biznesning joriy holati (Biz qayerda turibmiz?); ko‘zlangan maqsad (Qaysi tomonga harakat qilmoqdamiz?); eng qulay yo‘l (Maqsadga qanday erishamiz?). Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada hozirgi holatda ko‘zlagan maqsadga erishishning samarali yo‘llari ko‘rsatilishi, joriy maqsadlarga erishishi, o‘rta va uzoq davrlardagi vazifalari hal etilishi aks ettiriladi.


Korxonalar faoliyati tahlili istiqbolli (strategik) rejalashtirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, korxonalar rivojlanishini o‘rganish va biznes-rejalari ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. U so‘nggi bir necha yillar uchun asosiy yo‘nalishni belgilashda ham foydalanadi. Sababi taklif etilayotgan rivojlanishning yo‘nalish-larini sarmoyadorlarga, firma xodimlariga tushunarli, aniq va ravshan bo‘lishini isbotlashdir.
Ikkinchi bosqichi rejalashtirish davri: biznes-rejalarning aniq davomiyligi, tovar ishlab chiqarish va biznes xususiyatidan kelib chiqib, har xil bo‘lishi mumkin. Odatda, biznes-rejalar ikki-uch yilga tuzilib, birinchi yilning barcha ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha aniq-ravshan ko‘rsatiladi. Keyingi yillarga umumlashgan istiqbol yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy topshiriqlar aks ettiriladi.
Uchinchi bosqichining asosiylaridan biri — maqsadga erishish hisoblanadi. Bunda biznes-reja ayrim tovar bozorlaridagi firmaning strategik (istiqbolli) faoliyatini ifodalaydi.
Biznes-reja tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona (firma)larning kelgusi davriga ishonchli asosdir. Chunki biznes-rejalarda barcha biznesga oid moliyaviy hujjatlar, firma tarixi, rivojlanish tajribalari va yo‘l qo‘yilgan holatlari ilova qilingan bo‘ladi. Yangi tashkil etilayotgan korxona (firma)lar uchun yuqoridagi ilovalar zarur emas.

Korxona (firma) faoliyatida biznes rejalardan foydalanish quyidagi samarani beradi: a) rahbarlarni firmaning kelgusi faoliyati bilan qiziqishga undaydi;
b) ko‘zlangan maqsadga erishishda qabul qilinayotgan qarorni o‘ta aniq bo‘lishiga imkoniyat
yaratadi;

  1. firma faoliyati ustidan kelgusida nazorat olib borish uchun ko‘rsatkichlarni belgilaydi;

  2. rahbarlarning maqsadlarini aniq belgilash va unga erishishning to‘g‘ri yo‘llarini tanlashga undaydi;

  3. bozordagi holatlarning to‘satdan o‘zgarishi sharoitida har qan- day salbiy holatlardan muvaffaqiyatli chiqib ketishni ta’minlaydi;

  4. firmaning barcha rahbarlari burch va majburiyatlarini aniq ko‘rsatib beradi.


Download 7,41 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: 1.Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni vа tuzish zаruriyati

Download 7,41 Mb.