O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




Download 7,41 Mb.
bet130/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

Ikkinchidan, yuqoridagi ta'rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo`lib, u mazmunan boy, xilma xil ko`rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo`lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko`rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug`ullanadi. tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki to`rini:

  1. foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;

  2. ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog`liqni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Shug`ullanayotgan soha bo`yicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo`yicha tashabbuskorlik qobiliyati.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor bo`lishi.
O`z so`zining ustidan chiqish.
Ruhiy poklik va halolligi.
O`z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uyg`unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi: -
egalik qilish, ya'ni mulk egasi sifatida mulkka to`la xukumronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya'ni mulk egasining nazorati asosida ma'lum shart va to`lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resurslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.
Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi. mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; hamkorlarni mustaqil tanlash; mablag`larni qonunga zid bo`lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va x.k.;
Bozorning ochiqligi, ya'ni tovarlar, sarmoyalar, ma'lumotlar, ish kuchi, xom-ashyo harakati uchun sun'iy g`oyalarning yo`qligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga quyidagilar kiradi:
tijorat banklari; tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari; tijorat tavakkalchiligi va mulk sug`urtasi; ma'lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya'ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to`lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo`yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to`siqlarni hal qilish yo`llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, xamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to`g`ri yo`l tanlashni bilishi kerak. Xech kim, xech kachon tadbirkorga nima qilishni o`rgatmaydi va og`ir paytlarda yordamga kelmaydi. Xar bir tadbirkor faqat o`z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.

Download 7,41 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

Download 7,41 Mb.