Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat




Download 7,41 Mb.
bet131/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mulk sohibi bo`lish. Tadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.

  2. Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

  3. Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.

  4. Iqtisodiy mas'uliyat. Tadbirkor mas'uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.

  5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, `yo ustidan, yo ostidan` degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.

Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa'y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi.
Raqobat ko`rashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan `kim o`zadi` qoidasiga ko`ra bellashuvi shart.
Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.
Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanish zarur. qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga `halol yo`l bilan nafaqa topinglar` deb marhamat qilganlar. Shu sababli `halol top` degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo`lgan.
O`zbekiston qonunlariga ko`ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste'molchilarning tovar sifatiga bo`lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
Davlat iste'molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi`.
Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz halq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-etiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha'nini avaylashi, firma nomini e'zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.
Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi ning qonunlariga ko`ra davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta'minlaydi.
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne'matlar albatta kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste'mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab qiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o`zlashtirish shaklidir.
O`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. O`zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va `Mulkchilik to`g`risida`gi qonunga binoan boshqariladi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub'yekti, ya'ni ishtirokchisi bo`ladilar. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob'yektidir. Mulkning uch bosqichi bor:

  1. egalik qilish;

  2. foydalanish (ishlatish);

v) tasarruf etish.
Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib ish yuritadilar, ya'ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xo`jayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo`l bilan pul topadi va, nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya'ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas'uliyatni, ya'ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.
Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk yetakchi mavqyeda turadi.
Xususiy mulk ayrim kishilarga tegishli va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Xususiy mulkka qarab xususiy tadbirkorlik mavjud bo`ladi. Xususiy mulkning o`zi ikki ko`rinishga ega:
Yakka xususiy mulk - bu yakka shaxsnnng mulki, shu mulkka: asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o`zi va oila a'zolari ishlaydigan korxonalar ham bo`ladi.
Guruhiy - korporativ xususiy mulk - bu ma'lum maqsadni ko`zlab o`zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib alohida emas, balki birgalikda o`zlashtiradi.
Uning namunasi korporatsiyalar bo`lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatadi. Tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Barcha masalalarni yechishda tadbirkorlik asosiy yondashuv sifatida ko`rilayotgan joyda alohida shaxslarning ham, butun jamiyatning ham taraqqiyoti sezilarli darajada tezlashadi.
Tadbirkorlik iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi omil bo`lgani tufayli, dunyoqarashga ham, boshqaruv faoliyatiga ham ishbilarmonlik yondashuvini tatbiq etish orqali alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham farovon hayot sari o`z harakatlarini tezlashtirishlari mumkin.
Alohida shaxslar va butun jamiyatning maqsadlari. Maqsadlarni qo`yish va ularga erishish bo`yicha qilinadigan keyingi ishlar jamiyatning yetukligi va mas'uliyatliligining belgisidir, xuddi shuningdek, alohida shaxslar yetukligining belgisi hamdir. Odamlar iqtisodiy hayotda o`zlari uchun qanday maqsadlar qo`yishadi? Va bu maqsadlarga qanchalik muvaffaqiyat bilan erishiladi? Quyida mana shu savollar muhokama etiladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sektorida tadbirkorlik, asosiy iqtisodiy vazifalarni amalga oshirganda, davlat sektoriga nisbatan yuqoriroq samaradorlik va mehnat unumdorligini ta'minlaydi degan tushuncha butun dunyoda qabul qilingan. Milliy farovonlikning asosiy qismi korxonalar faoliyatining natijasi sifatida shakllanadi:

  1. Tovarlar va xizmatlar. Korxonaning asosiy iqtisodiy vazifasi odamlar manfaatdor bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatishdir. Tadbirkorlar ham iste'molchilar talabini aniqlab beruvchi, ham shu talabni qondirish uchun barcha zarur narsalarni bajaruvchi rolni ijro etishadi.

  2. Bandlik. Korxonalar `haqiqiy` ish o`rinlarining asosiy ijodkorlaridir, ya'ni ishlashga muhtoj va ishlashni xohlaydigan odamlarning bandligini ta'minlaydilar. Haq to`lanadigan bandlik darajasi - milliy farovonlikning o`ta muhim ko`rsatkichidir.

  3. Daromad. Korxona tomonidan ish o`rinlarini barpo etish orqali, ishchilarning ish haqi va xizmatchilarning maoshlari, foydalar va soliqlar shaklida, uning aksiyadorlarining daromad bazasi mavjudligi ta'minlanadi.

. Ishchilar va xizmatchilarnig ish haqi, foydalar. Ish haqi va foydalar olish imkoniyatini taqdim etish masalasi, soliqlar to`lash va daromad (soliqlar to`langandan keyingi daromad)ni iste'mol qilish fondiga va moliyaviy mablag`larni iste'molchilari jamg`arma fondiga (investitsiya sarmoyasi) ko`chirish nuqtai nazaridan, biznes tomonidan yechiladigan o`ta muhim masaladir.

  1. Soliqlar. Alohida (jismoniy) shaxslar va korxonalardan soliq undirmasdan, davlat muassasalari va xizmatlarining faoliyat yuritishini iloji bo`lmas edi.

  2. Soliqlar to`langandan keyingi daromad. Boshqacha aytganda, korxona ixtiyorida qoladigan daromad, deb nomlanadigan bu daromad, soliqlar to`langandan keyin hosil bo`ladi va iste'mol tovarlari xarid qilishga hamda jamg`armalar to`plashga sarflanishi mumkin.

    1. Iste'mol maqsadlariga xarajat qilish. Pul mablag`larini iste'mol maqsadlariga sarflash, nafaqat asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini rag`batlantirishga qaratilgan talabni shakllantirish uchun ham zarurdir.

    2. Shaxsiy jamg`armalar. Shaxsiy jamg`armalar - bu bevosita iste'mol qilish bilan bog`liq xarajatlarga sarflanmaydigan daromad.


Download 7,41 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat

Download 7,41 Mb.