• Umumiy qoidalar
  • . Tadbirkor va mijoz
  • Tadbirkor va yollangan ishchilar
  • Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a`zolari
  • Javobgarlik va ta`qiqlar
  • Tadbirkor madaniyati
  • TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYATI




    Download 7,41 Mb.
    bet132/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYATI.
    Tadbirkor rahbar etikasi.
    Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo`lmasdan, u insonlar, qo`l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari - biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me`yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko`prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
    Darhaqiqat, axloq biz uchun - avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek insonlarning fe`l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko`rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda firmalarning "Etika kodeksi" va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhdarining "Ishbilarmonlik kodeksi" keng qo`llaniladi. "Biznesmenlarning axloq kodeksi" birinchi marta AQSHda 1913 yili ishlab chiqilgan bo`lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo`lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uygunlashishi belgilangan.
    1. Umumiy qoidalar

    • xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari bilan bir qatorda teppatengdir;

    • tadbirkor - ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir. Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obro`-e`tibori manbaidir;

    • tadbirkor o`z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o`z hamkorlaridan ishga mas`uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo`llab-quvvatlaydi;

    • xususiy xo`jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib keladi va tabirkorga o`ziga xos majburiyatlar yuklaydi. 2.Tadbirkor va davlat

    • tadbirkor davlat va uning qonunlarini to`g’ridan-to`g’ri hurmat qilishi na ularga amal qilishi lozim. O`z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdan qam talab qilishi kerak.

    3. Tadbirkor va mijoz

    • tadbirkor mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun zarar keltirmaslikka, unga amal qilishga majburdir;

    • mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo`lgan hollarda tadbirkor bu to`g’rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;

    • mijoz manfaatlari va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir. Raqobatyuksak sifatkafolatidir;

    • tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek, bajara olishga ishonchi bo`lmagan buyurtalarni qabul qilish xollariga yo`l qo`yishi mumkin emas;

    • va`daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo`l berib tasdiqlangan so`z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga binoan majburiy tartibda og’zaki kelishuvni aks ettiruvchi yozma shartaoma rasmiylashtiriladi;

    • shartaoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat tadbirkorning jamiyat va hamkasblari olididaga g’oyat og’ir aybidir, chunki bu tadbirkorinng sharafi, nufuzi va yaxshiga nomiga zarar keltiradi;

    4.Tadbirkor va yollangan ishchilar

    • tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy qadr-qiymatlariga nisbatan barcha mas`uliyatni o`z zimmasiga oladi. U o`z ishchilaridan qonunlarga amal qilishini talab etadi va o`zi ham shunga rioya qiladi;

    • muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat shartnomalarini tuzish chog’ida aks ettiriladi.

    5. Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a`zolari

    • tadbirkorlar ittifoqi a`zolari uchun qonunga muvofiq raqobat majburiydir va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi;

    • teng huquqli bo`lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqobat) qabul qilingan me`yorlarga zid hisoblanadi. O`z xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kiradi;

    • raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi gallagan mavqei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo`q. Tadbirkorlar raqobatchilarnnng mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart;

    6. Javobgarlik va ta`qiqlar

    • tadbirkorlar ittifoqiga a`zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq kodeksiga rioya etilishini talab qiladi;

    • axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish, ittifoqdagi muayyan a`zoning a`zoligini to`xtatish uchun asos bo`ladi. Har bir aloqida hol ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a`zosi ishtirokida ko`rib chiqiladi;

    • qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi seza oldidan imkoniyat mavjud bo`lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko`rilishi mumkin.

    Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o`rtasidagi dialektik boglanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o`z aksini topadi:
    Odob — aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: "Aql bilan odob - egizak", deyishmaydi. Odob - yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o`z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlar bilan bezaydi,
    Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday tadbirkordan har ishda rozi bo`lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan-kunga obro` topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
    6.2. Tadbirkor madaniyati.
    Insof — adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, barcha, kishilarga munosabatda halollik, to`g’rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. O`zgani o`z o`rniga, shuningdek, o`zini o`zgani o`rniga xayolan qo`yib ko`rish ham insofga kiradi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, to`q ochni, boy kambag’alni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabonni, omadli omadsizni, soglom va bemorni o`z o`rniga qo`yib ko`rolsa va aksincha ham xuddi shunday bo`lsa, olam guliston - insoflilar safi ko`payaveradi.
    Insof - har qanday kishining, xususan, rahbar yoki tadbirkorning jamiyat oldida, tevarak atrofidagi kishilar nazarida o`z xatti-harakati bilan ma`naviy mas`uliyatni his etishining ifodasidir.
    Hikmat odobi poklik va to`g’ri yo`lga etaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obro`ga etkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo`lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
    Adolat - barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar tadbirkor yoki rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o‘rnini bosa oladi. Ulug’ alloma Nasriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uch asosiy talabi mavjudligi va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi:
    Adolatning birinchi talabi, aholi turli tabaqalarining O‘zaro uyg’un bo‘lishini ta’minlashdir.
    Adolatning ikkinchi talabi, el-xalqning haq-huquqini teng ta’minlagan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
    Adolatning uchinchi talabi, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab, har bir inson O‘z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.


    Download 7,41 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYATI

    Download 7,41 Mb.