• Valyuta riski
  • O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 7,41 Mb.
    bet139/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    narxining pasayishi;

    • muomala xarajatlarining jarimlar to‘lanishi, kutilmagan boj to‘lovlari va ajratmalar natijasida ko‘zda tutilganidan ko‘ra ortiq bo‘lishi va buning oqibatida tadbirkorlik firmasi foydasining pasayib ketishi.

    Tijorat riski tovarlarning (xizmatlarning) bozorda sotilishi, tashilishi (transport),
    tovarlarning (xizmatlarning) xaridor tomonidan qabul qilib olinishi, xaridorning to‘lovga lyoqatli ekanligi bilan bog‘liq risklarni va forsmajor vaziyati vujudga kelishi ehtimoli bilan bog‘liq risklarni o‘z ichiga oladi.
    Ta’kidlab o‘tish joiz, mamlakat iqtisodiy adabiyotida tijorat riskini ko‘pincha tadbirkorlik
    riski bilan bir xil talqin etiladi, ammo tijorat riski bu tadbirkorlik savdo bilan ham bog‘liq bo
    ‘lganligi sababli, tadbirkorlik riskining bir
    turi xolos. Moliyaviy risk deganda odatda moliyaviy tadbirkorlik yoki moliyaviy bitimlar amalg a oshirilayotganda vujudga keladigan risk tushuniladi, bu holda risk
    moliyaviy tadbirkorlikda tovar sifatida valyuta yoki qimmatli qog‘ozlar yoxud pul mablag‘lari yuz ko ‘rsatishidan kelib chiqish lozim. Moliyaviy risklarga: valyuta riski, kredit riski, investitsiya riski kiritiladi.
    Keyingi vaqtda mamlakat tadbirkorlari uchun valyuta riskini hisobga olish masalasi tobora muhim kasb eta bormoqda. Mazkur risk turini batafsil o‘rganib chiqaylik.
    Valyuta riski – valyuta kursining o‘zgarishi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimoli bo‘lib, u kontrakt imzolangan vaqt bilan kontarkt bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish orlig‘idagi davrda yuzaga kelishi mumkin.
    O‘z navbatida, valyuta riski quyidagilarga ajraladi:

    • iqtisodiy risk;

    • pul o‘tkazmalari riski,

    • bitimlar riski.

    Iqtisodiy yo‘qotishlar riski tadbirkor uchun shundan iboratki, kelgusida valyuta kursining
    o‘zgarishi oqibatida uning aktivlari va passivlari qiymati ko‘payish yoki kamayish tomonga (milliy valyutada) o‘zgarishi mumkin. Bu holat shuningdek sarmoyadorlarga ham tegishli buo‘lib, ularning xorjiy investitsiyalari aktsiyalari yoki qarz majburiyatlari xorijiy valyutada dar omad keltirib turgan bo‘lsa, unga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
    Pul o‘tkazish riski buxgalteriya ishi xususiyatiga ega bo‘lib, firmaning xorijiy valyutadagi aktivlari va passivlarini hisobga olishda, agar firma aktivlari ifodalangan valyuta k ursining pasayishi sodir bo‘lsa, mazkur aktivlarning qiymati ham kamayadi.
    Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, pul o‘tkazmalari riski o‘zida buxgalteriyaga oid sa marani aks ettiradi, iqtisodiy samarani esa kam aks ettiradi yoki butunlay fodalamaydi.
    Iqtisodiy nuqtai nazarda bitim riski bir muncha muhim ahamiyatga ega, chunki u valyuta kursi o‘ zgarishining kelgusidagi to‘lovlar oqimiga ko‘rsatadigan ta’siri, binobarin, tadbirkorlik firmasini ng kelgusidagi foyda olish imkoniyati to‘lig‘icha o‘rganiladi.
    Bitim riski – xorijiy valyutadagi muayyan operatsiyalar bo‘yicha valyutada ko‘riladigan
    zarar ehtimoli mavjudligi. Bitim riski xorjiy valyutadagi bitimning kelguchida milly valyutada gi qiymati noaniq bo‘lganligi natijasida kelib chiqadi. Xatarning bu turi

    savdo kontraktlari tuzish chog‘ida ham, kredit olish yoki kredit berish chog‘ida ham mav-

    jud bo‘ladi va tushumlarning yoki to‘lovlarning milliy valyutada qayta hisoblanganda vujudga k eladigan o‘zgarishlar ehtimolini o‘zida aks ettiradi.
    Bundan tashqari, import qiluvchi uchun va eksport qiluvchi uchun valyuta riskini ajrata
    bilish zarur. Eksport qiluvchi uchun risk to‘lovni qabul qilish buyurtmasining olinishi yoki tas diqlanishi paytidan va muzokaralar olib borilayotgan davrdan keyin xorijiy valyuta kursining tushib k etishidir. Import qiluvchi uchun risk buyurtmaning tasdiqlanishi bilan to‘lov kunigacha oraliqda valyuta kursining ko‘tarilib ketishi hisoblanadi.
    Bozor iqtisodiyti sharoitlarida tadbirkorlik firmasi risklari ichida eng muhim risklardan biri kre dit riski hisoblanadi. Bu risk tashqi qarz hisobidan firma faoliyatini moliyalashtirgan tadbirkorl ik firmasi tomonidan investor oldidagi majburiyatlarini bajara olmay qolish riskidir. Binobarin, kredit riski korxonaning kreditorlan bilan, bank bilan va boshqa moliyaviy institutlar bilan, kotragent lar, ya’ni ta’minotsilar va vositachilar, shuningdek aktsiyadorlar bilan ish yuzasidan olib borgan munosabatlari chog‘ida vujudga keladi. Kredit operatsiyalarining xilmaxilligi kredit riski vujudga kelishi xususiyatlarini va sabablarini avvaldan belgilab beradi:

    • kreditdan foydalangan qarzoluvchininginsofsizligi;

    • tijorat kerditini yoki bank kreditini olgan muayyan tadbirkorning raqobatchilik holatining yomonlashuvi;

    • noqulay iqtisodiy kon’yunktura;

    • korxona rahbariyatining noqobilligi va h.k.

    Xorijiy iqtisodiyotchi olimlar mulkiy, ma’naviy va ishga oid kredit risklarini ajratib ko‘rsatishadi. Ishga oid risk odatda, tadbirkorning muayyan muddat ichida foyda ola bilish layoqati bilan bog‘lanadi. Ma’naviy risk deganda, pul qarz olishning shunday bir qismidirki, bunda qarzning qaytarilishi qarz oluvchining ma’naviy xususiyatlariga borib taqaladi. Mulkiy risk qarz oluvchi aktivlari kreditni to‘liq hajmda qoplash uchun etarlimi ekanligiga bog‘liq. Moliyaviy riskning keyingi turi - investitsiya riski hisoblanadi. Riskning bu turi
    tadbirkorlik firmasi tomonidan o‘z pul mablag‘larini turli xil loyihalarga kiritish tamoyillari bilan bog‘liq. Mamlakat iqtisodiy adabiyotida ko‘pincha investitsiya riski deganda, pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga tikish bilan bog‘liq risk nazarda tutiladi. Biroq bu tushuncha ancha kenga ma’n oga ega bo‘lib, pul mablag‘larini investitsiya qilish bilan bog‘liq risklar ehtimolini o‘z ichiga oladi. Investitsiya riski guruhi o‘z ichiga oladigan risklar quyida sanab o‘tilgan:

    • kapital riski barcha investitsiya quyilmalari uchun umumiy risk bo‘lib, sarmoyador tomonidan kirtilgan malag‘larni yo‘qotishlarsiz bo‘shatib olishining imkoniyati mavjud bo‘lmaydi;

    • selektiv risk – investitsiya quyilmasi uchun boshqa imkoniyatlarga nisbatan nojoiz ob’ektning tanlab olinishi;

    • foiz riski – bozorda foiz stavkalarining o‘zgarishi munosabati bilan saromoyadorlar ko‘rishi ehtimol tutilgan zarar riski;

    • milliy risk – nobarqaror ijtimoiy va siyosiy vaziyat hukm surayotgan mamlakat yurisdiktsiyasiga kiruvchi korxonaga pul mablag‘larini kiritish;

    • amaliyot riski – malag‘larni investitsiya qilish bilan bog‘liq axborotga ishlov beruvchi kompyuter tizimidagi nosozliklar oqibatida kelib chiqishi ehtimol tutilgan zararlar riski;

    • davriy risk – mablag‘larni nojoiz vaqtda investitsiya qilinishi bilan bog‘liq risk, chunki bu muqarrar ravishda yo‘qotishlarga olib keladi;

    • qonun o‘zgarishlari riski – tartibga soluvchi qonunchilikning ko‘zda tutilmagan holda nomaqbul tomonga o‘zgartirilishi;

    • likvidlik riski – qimmatli qog‘ozni sotish chog‘ida uning sifat bahosi o‘zgarishi ehtimoli bilan bog‘liq risk;

    • inflyatsiya riski – inflyatsiya baland ko‘tarilib ketganda investitsiyaga kiritilgan mablag‘lardan olinadigan daromadlar o‘sib borishga nisbatan tezroq qadrsizlanib ketadi (real xarid qilish layoqatiga ko‘ra);

    • tarmoq riski – tarmoq iqtisodiytida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar sababli zarar ko‘rish ehtimoli riski. Bu risk tarmoq ichidagi o‘zgarishlarga ham, shuningdek boshqa tarmoqlar




    bilan solishtirish darajasiga ham bog‘liq. Tarmoq riskini tahlil qilishda quyidagi omillarga e’ti bor qaratish zarur:

    • mazkur tarmoqning muayyan (tanlab olingan) muddat oralig‘idagi butun faoliyati, shuningdek yondosh sohalar faoliyati;

    • mazkur tarmoq faolyaitining butun mamlakat iqtisodiyoti bilan solishtirma barqarorligi; • bitta tarmoq ichidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va natijalar bo‘yicha ular o‘rtasidagi tafovut.

    Tarmoq korxonalari ishi bilan, demakki tarmoq bo‘yicha risk darajasi bilan tarmoqdagi sanoat hayotining davriyligi bosqichi bilan hamda tarmoq ichidagi raqobat muhiti bilan bevosita bog‘ liqdir. Bu holda tarmoq ichidagi raqobat darajasi mazkur tarmoq korxonalarining boshqa tarm oqlarning korxonalariga nisbatan barqarorligi to‘g‘risidagi axborot manbai bo‘lib, odatda ko‘ra, tarmoq riskini baholovchi omil hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat to‘g‘risida quyidagi axborot asosida hukm chiqarish mumkin:

    • narhga aloqador va narhga aloqasi bo‘lmagan raqobat darajasi;

    • tashkilotning tarmoqqa kirishi engil yoki og‘ir kechishiga, nahi bo‘yicha yaqin bo‘lgan yoki raqabatbardoshli bo‘lgan o‘rnini bosuvchilarning majudligi yoki etishmasligi;

    • xaridorlarning bozordagi imkoniyatlari; • ta’minotchilarning bozorlagi imkoniyatlari;

    • siysiy va ijtimoiy muhit.


    Download 7,41 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 7,41 Mb.