Mavzu:Biznes g`oyalarni izlash va tanlash manbalari




Download 7,41 Mb.
bet142/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

12 Mavzu:Biznes g`oyalarni izlash va tanlash manbalari
Reja:
1Biznes-rejani tayyorlash

  1. Moliyaviy axborot

  2. Tadbirkorlik faoliyatida yangi korxona tuzishdagi afzalliklari kamchiliklari

Тadbirkor biznesga birinchi qadam qo‘yayotgan paytda yoki yangi bir loyihani amalga oshirish jarayonida quyidaga qiyinchiliklarga duch keladi:
b irinchidan, moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi; ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko‘pligi.
Bular korxonani tanlagan yo‘ldan borishga imkon bermasligi mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning yo‘li oldindan o‘z maqsadini qog‘ozga belgilash, baholash va istiqbolni belgilashdir. Bu, o‘z navbatida, o‘sha biznes-rejani tuzishdir. Biznes-reja keng, har tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o‘ylab tayyorlangan hujjatdir. U firmaning qay maqsadga harakat qilayotganligi, ko‘zlangan maqsadga qaysi yo‘llar bilan erishishi va ko‘zlangan maqsadga erishgandan so‘ng natija qanday bo‘ladi, degan savollarga javob beradi. Biznes-reja o‘zida olingan loyihaning imkoniyatlari bo‘yicha to‘la ma’lumotlarni aks ettiradi. Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi va uni 3—5 yilga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga ko‘rsatkichlarni (topshiriqlarni) choraklarga taqsimlangan holda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab, yillik ko‘rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni hal etadi. Ya’ni:

tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqishning asosi bo‘libgina qolmay, uni


muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi; bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo‘lib xizmat qiladi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to‘satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogohlantiradi va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;



tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.


Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikki asosiy sababi ham mavjud:

tashqaridagi sarmoyadorlarni, biznesni maqsadga muvofiqligi haqida yoki ssuda berishga ishonch hosil qildirish;



ko‘zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to‘satdan yuzaga kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.


Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to‘la bajarilishini ham anglatadi.
Biznes-reja boshqaruvchiga korxonalarni tanglik holatlarini to‘g‘ri baholash imkonini berib, undan olib chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv samaradorligini ortishini xarakterlaydi yoki ta’minlaydi. Biznes-rejaga qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo‘lish bilan uning maqsadi va vazifasi moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi — firmaning ko‘zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo‘limi xodimlariga va sarmoyadorlarga tanlangan yo‘lning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib berishdir.
Bundan tashqari, biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga ham javob beradi:

biznesning joriy holati (Biz qayerda turibmiz?); ko‘zlangan maqsad (Qaysi tomonga harakat qilmoqdamiz?); eng qulay yo‘l (Maqsadga qanday erishamiz?). Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada hozirgi holatda ko‘zlagan maqsadga erishishning samarali yo‘llari ko‘rsatilishi, joriy maqsadlarga erishishi, o‘rta va uzoq davrlardagi vazifalari hal etilishi aks ettiriladi.


Korxonalar faoliyati tahlili istiqbolli (strategik) rejalashtirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, korxonalar rivojlanishini o‘rganish va biznes-rejalari ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. U so‘nggi bir necha yillar uchun asosiy yo‘nalishni belgilashda ham foydalanadi. Sababi taklif etilayotgan rivojlanishning yo‘nalish-larini sarmoyadorlarga, firma xodimlariga tushunarli, aniq va ravshan bo‘lishini isbotlashdir.
Ikkinchi bosqichi rejalashtirish davri: biznes-rejalarning aniq davomiyligi, tovar ishlab chiqarish va biznes xususiyatidan kelib chiqib, har xil bo‘lishi mumkin. Odatda, biznes-rejalar ikki-uch yilga tuzilib, birinchi yilning barcha ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha aniq-ravshan ko‘rsatiladi. Keyingi yillarga umumlashgan istiqbol yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy topshiriqlar aks ettiriladi.
Uchinchi bosqichining asosiylaridan biri — maqsadga erishish hisoblanadi. Bunda biznes-reja ayrim tovar bozorlaridagi firmaning strategik (istiqbolli) faoliyatini ifodalaydi.
Moliyaviy axborot, asosan, zarur moliyaviy mablag‘lar, investitsiyalar, joylashgan hududdagi iqtisodiy an’analar, moliyaviy maslahatlar, buxgalteriya hisob tizimi, dasturiy ta’minot to‘plamlari hisoblanadi.
Moliyaviy axborot manbalari quyidagilardan iborat:

banklar va boshqa moliya muassasalari; kredit uyushmalari; sanoat doiralari; oila a’zolari va do‘stlar; ta’minotchilar va boshqa korxonalar egalari; grant va qarz beruvchilar; tadbirkor ayollar uchun moliya muassasalari.



Download 7,41 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:Biznes g`oyalarni izlash va tanlash manbalari

Download 7,41 Mb.