• 13-mavzu:Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish. Reja : Korxona ta`sis hujjatlari
  • O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 7,41 Mb.
    bet143/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    Moliyaviy axborot manbalari — yuridik firmalar va tegishli hukumat muassasalari, axborot-resurs markazlari, biznes-inkubatorlar, Internet, mehnat qonunchiligi, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari hisoblanadi.
    Moliyaviy axborot turlariga — kompyuter uskunasi, dasturiy ta’minot va tarmoq, buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarish uchun dasturiy ta’minot paketi, zarur axborot bo‘lgan Internet sahifalari, ish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasi, Internet saytlaridan foydalanish kiradi.
    Тadbirkorlar, mutaxassislar, mijozlar biznesni olib borishda bevosita bir-birlari bilan aloqalarni amalga oshiradilar, bu esa tadbirkorlik faoliyatida innovatsion axborotlarni yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
    13-mavzu:Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish.
    Reja:

    1. Korxona ta`sis hujjatlari

    2. Tadbirkorlik faoliyatini ro`yxatdan o`tkazish tartibi

    3. Xususiy tadbirkorlikni ro`yxatdan o`tkazish xususiyatlari

    Korxona ta`sis hujjatlari:
    Xususiy korxonanig ta`sis hujjati uning ustavidir.
    Unda quyidagilar ko`rsatiladi:
    -Korxona firma nomi
    -Uning joylashgan yeri, pochta manzili to`g`risida ma`lumot
    - asosiy faoliyat turning ro`yxati
    -Mulkdorning familiyasi,ismi,otasining ismi, va yashash manzil
    -ustav fondining miqdori
    Тadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishni xohlovchilar o‘zi yashayotgan joydagi hokimliklar huzuridagi Тadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalariga ariza-xabarnoma orqali murojaat qilishlari yoki pochta aloqasi orqali taqdim etishlari lozim. Bunda ariza-xabarnomadan tashqari quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining ikki asl nusxasi; davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati;
    firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga

    olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol; ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari. Agar dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, u holda davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati talab etilmaydi. Chunki bu to‘lovdan dehqon xo‘jaliklari ozod etilgan, lekin dehqon hamda fermer xo‘jaliklari uchun — tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarori nusxasi ilova qilinishi talab etiladi.


    Тadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslar dastlab, albatta davlat hokimiyatidan ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Aks holda ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirish qonunchilikka muvofiq ma’muriy va moliyaviy jarimaga tortiladi. Agar ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatni 30 kungacha amalga oshirgan bo‘lsa, eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida jarimaga tortiladi, lekin ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish natijasida olgan sof tushumning 10 % dan kam bo‘lmagan miqdorida jarima belgilanadi.
    Agar ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatni 30 kundan ortiq amalga oshirgan bo‘lsa, eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarimaga tortiladi, lekin ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish natijasida olgan sof tushumning 50 % dan kam bo‘lmagan miqdorida jarima belgilanadi.
    Xususiy tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish xususiyatlari


    Ro‘yxatdan o‘tkazish tuman, shahar hokimiyatlari tomonidan bir vaqtning o‘zida, soliq tashkilotlari tomonidan ham hisobga olish tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.


    Ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi qaror ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan jismoniy shaxs kerakli hujjatlar bilan birgalikda ariza topshirgan paytdan 2 ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi. Agar, murojaat etuvchi rad javobini asossiz deb hisoblasa, u bu qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
    Muhr va tamg‘ani tayyorlashni rasmiylashtirishga ichki ishlar bo‘limidan ruxsat olish va tegishli davlat tashkilotlarida hisobga qo‘yishning umumiy muddati zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza topshirilgan vaqtdan boshlab, 8 ish kunidan oshmasligi kerak.
    Jismoniy shaxsga ariza ko‘rsatilgan vaqtga ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risida guvohnoma bank yoki aholidan to‘lovlarni qabul qiladigan boshqa kredit tashkiloti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilgandan keyin beriladi. Ushbu guvohnoma xususiy tadbirkorlarga bankda hisobraqam ochishda, muhrni va boshqa rekvizitlarni tayyorlashda, muhandislik kommunikatsiyalariga bog‘lanishda (gaz tarmog‘i, energiya ta’minoti, suvdan foydalanish, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va h.k.) ruxsat olishda asos bo‘ladi.
    Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin xususiy tadbirkor bankka murojaat qilishi shart va amaldagi qonunchilik asosida alohida faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun litsenziya olish haqida vakolatli davlat tashkilotiga murojaat qilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun xususiy tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:
    belgilangan shakldagi ariza; pasport; rasm;




    1. ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat; muhr va tamg‘a izi tushirilgan uch nusxadagi namuna kartochkasi. Korxonani tashkil etish quyidagi bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Korxonani tashkil etish uchun ta’sischilar majlisini o‘tkazish.

    2. Тa’sis hujjatlarini tayyorlash.

    3. Bankda muvaqqat raqam ochib, ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ustav fondining bir qismi unga qo‘yiladi.

    4. Aksiyalar sotishni tashkil etish, ta’sis majlisini chaqirish (AJ uchun).

    5. Identifikatsiya qilish va korxonaga firma nomini berish.

    6. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im to‘lash. 7. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotga taqdim etish.

    1. Muhrni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli tashkilotlarida amalga oshirish.

    2. Bank hisobraqamini ochish.

    3. Alohida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun zarur litsenziya olish.

    4. Тegishli tashkilotlarda xonalardan foydalanish va muhandislik kommunikatsiyalariga bog‘lanish uchun ruxsat olish. 12. Moliyaviy-buxgalteriya hujjatlarini sotib olish va buxgalteriya hisobkitoblarini ochish, aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilish va sotish .


    Download 7,41 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 7,41 Mb.