O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




Download 7,41 Mb.
bet145/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

Marketing tushunchasi
Markteingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyayevskiy shunday degan: “Marketing – bu bozorni о‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yо‘li orqaliqondirishga yо‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaqtning о‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir”.
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni о‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni о‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning hohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bо‘libhisoblanadi. Bu jarayon о‘z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni о‘zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (hohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bо‘lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potensial hamda hohish talabga bо‘linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mо‘ljallashdan iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortik ta’rif bor. Mutaxassislar о‘rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yо‘q. Hozir kо‘pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni о‘z ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esabunday izoxlarni tankid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiqqilibbо‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan о‘zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati о‘zgarib boradi. Bundan tashkari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati kо‘rsatish va boshqasohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqaliqondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish xajmining ortib borishi, yangitarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining kо‘payishi va tadbirkorlar о‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama о‘rganishyо‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni kо‘rsatib utish zarur:
talabni о‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni о‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiqqilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bо‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini о‘rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, takdim etish, sotish, xizmat kо‘rsatishniuyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni о‘zaromuvofiqlashtirishga xizmat kiladi.
Xorijiy mamlakatlarda marketing rivojlanish tarixi
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiqqilishva tahlil etish, narxni tо‘zilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQShning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bо‘yicha (“Tovarlar marketingi”, “Marketing uslublari” fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar о‘qitila boshladi.
1926 yilda AQShda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketingjamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi. Xalkaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalkaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga uxshashlar yuzaga keldi.
Bularhaqida 1-jadvalda tulik tanishib chiqish mumkin.

Download 7,41 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

Download 7,41 Mb.