• 2022-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA
  • -Mavzu: Daromad va xarajatlarni hisob kitob qilish. Reja




    Download 7,41 Mb.
    bet147/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    16-Mavzu: Daromad va xarajatlarni hisob kitob qilish. Reja:
    1.Biznesda-rejalarni yozish namunasi.
    2.Yangi yosh tadbirkorlar ish boshlavchilar uchun biznes-rejani tuzish qoidalari, investorlarni taqdim etish uchun hisoblash metodologiyasi
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NING QONUNI
    2022-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NING DAVLAT BUDJETI
    TO‘G‘RISIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2021-yil 15-dekabrda ma’qullangan bo`lib, unda ko`ra
    3-bob. Budjetlararo munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
    12-modda. 2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
    Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi: jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
    jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha deklaratsiya asosida to‘lanadigan soliqlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno; qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ning respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
    yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
    elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz
    solig‘i; aylanmadan olinadigan soliq;
    qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari); qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi ning Davlat budjetiga
    undiriladigan jarimalar;
    ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar;
    qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi ning Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan hamda g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari); qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar; davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar; mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2021-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi , viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ning respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagi ulushlarda:
    jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslar molmulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 42 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi; foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasi da doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 40 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi o‘tkaziladi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari: tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan daromadlarni) hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan
    yer solig‘i tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yo‘naltirishga;
    daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.
    Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.
    Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, daromadning ushbu turi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ning respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi.
    Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2022-yilning 1-iyuliga qadar 2021-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, oltin qazib oluvchi korxonalar tomonidan esa 100 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2022yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2022-yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdori va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashga haqli.

    Download 7,41 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Daromad va xarajatlarni hisob kitob qilish. Reja

    Download 7,41 Mb.