O‘zbekiston respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligimuhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 243.47 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi243.47 Kb.
#35587
1   2   3   4
Bog'liq
Rustamov Xusniddin Dasturlash 1
122, Rustamov Xusniddin1111, English in Topics . Uslubiy Qo\'llanma 2., 2022 YIL Amaliy mashgulot tahlili, 10, 5 SINF CHORAK, талабнома хсобот, MEXANIKA mustaqil ish 230403 103346 17 APRELGACHA, Rus tili darsligi (Keldiyev T), aasex, Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihat-fayllar.org, 4 klass, [07.01.2023 16 43] КАРШИ ТАШКЕНТ ПАСС ЦЕНТР., Титульный лист
Funksiya haqida

C++ da dasturlashning asosiy bloklaridan biri funksiyalardir. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo'linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubhonasi va boshqa kutubhonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. Bir misolda funksiyaning asosiy qismlarini ko'rib chiqaylik:




int foo(int k, int t)
{
int result;
result = k * t;
return (result);
}

Yuqoridagi foo funksiyamizning ismi, () qavslar ichidagi parametrlar – int tipidagi k va t lar kirish argumentlaridir, ular faqat ushbu funksiya ichida ko'rinadi va qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar lokal (local - mahalliy) deyiladi. result foo() ning ichida e’lon qilinganligi uchun u ham lokaldir. Demak biz funksiya ichida o'zgaruvchilarni va sinflarni (class) e’lon qilishimiz mumkin ekan. Lekin funksiya ichida boshqa funksiyani e’lon qilib bo'lmaydi. foo() funksiyamiz qiymat ham qaytaradi. Qaytish qiymatining tipi foo() ning e’lonida eng boshida kelgan - int tipiga ega. Biz funksiyadan qaytarmoqchi bo'lgan qiymatning tipi ham funksiya e’lon qilgan qaytish qiymati tipiga mos kelishi kerak - ayni o'sha tipda bo'lishi yoki o'sha tipga keltirilishi mumkin bo'lgan tipga ega bo'lishi shart.Funksiyadan qiymatni return ifodasi bilan qaytaramiz. Agar funksiya hech narsa qaytarmasa e’londa void tipini yozamiz. Ya’ni:




void funk()
{
int g = 10;
cout << g;
return;
}

Bu funksiya void (bo’sh, hech narsasiz) tipidagi qiymatni qaytaradi. Boshqacha qilib aytganda qaytargan qiymati bo’sh to’plamdir. Lekin funksiya hech narsa qaytarmaydi deya olmaymiz. Chunki hech narsa qaytarmaydigan mahsus funksiyalar ham bor. Ularning qaytish qiymati belgilanadigan joyga hech narsa yozilmaydi.


Biz unday funksiyalarni keyinroq ko’rib chiqamiz. Bu yerda bir nuqta shuki, agar funksiya mahsus bo’lmasa, lekin oldida qaytish qiymati tipi ko’rsatilmagan bo'lsa, qaytish qiymati int tipiga ega deb qabul qilinadi.void qaytish tipli funksiyalardan chiqish uchun return; deb yozsak yetarlidir. Yoki return ni qoldirib ketsak ham bo’ladi.Funksiyaning qismlari bajaradan vazifasiga ko’ra turlicha nomlanadi. Yuqorida korib chiqqanimiz funksiya aniqlanishi (function definition) deyiladi, chunki biz bunda funksiyaning bajaradigan amallarini funksiya nomidan keyin, {} qavslar ichida aniqlab yozib chiqyapmiz. Funksiya aniqlanishida {} qavslardan oldin nuqta-vergul (;) qo'yish hatodir. Bundan tashqari funksiya e’loni, prototipi yoki deklaratsiyasi (function prototype) tushunchasi qo'llaniladi.Bunda funksiyaning nomidan keyin hamon nuqta-vergul qo'yiladi, funksiya tanasi esa
berilmaydi. C++ da funksiya qo’llanilishidan oldin uning aniqlanishi yoki hech
bo'lmaganda e’loni kompilyatorga uchragan bo'lishi kerak. Agar funksiya e’loni boshqa funksiyalar aniqlanishidan tashqarida berilgan bo'lsa, uning kuchi ushbu fayl ohirigacha boradi. Biror bir funksiya ichida berilgan bo'lsa kuchi faqat o'cha funksiya ichida tarqaladi. E’lon fayllarda aynan shu funksiya e’lonlari berilgan bo’ladi. Funksiya e’loni va funksiya aniqlanishi bir-biriga mos tushishi kerak. Funksiya e’loniga misol:
double square(char, bool);
float average(int a, int b, int c);
Funksiya e’lonlarda kirish parametrlarining faqat tipi yozish kifoya, huddi square() funksiyasidek. Yoki kiruvchi parametrlarning nomi ham berilishi mumkin, bu nomlar kompilyator tarafidan etiborga olinmaydi, biroq dasturning o'qilishini ancha osonlashtiradi. Bulardan tashqari C++ da funksiya imzosi (function signature) tushunchasi bor. Funksiya imzosiga funksiya nomi, kiruvchi parametrlar tipi, soni, ketma-ketligi kiradi. Funksiyadan qaytuvchi qiymat tipi imzoga kirmaydi.
int foo(); //No1
int foo(char, int); //No2
double foo(); //No3 - No1 funksiya bilan imzolari
ayni. void foo(int, char); //No4 - No2 bilan
imzolari farqli. char foo(char, int); //No5 - No2
bilan imzolari ayni. int foo(void); //No6 - No1 va
No3 bilan imzolari ayni, Yuqoridagi misolda kirish parametrlari bo'lmasa biz () qavsning ichiga void deb yozishimiz mumkin (No6 ga qarang). Yoki () qavslarning quruq o’zini yozaversak ham bo’ladi (No1 ga qarang). Yana bir tushuncha - funksiya chaqirig'idir. Dasturda funksiyani chaqirib, qo'llashimiz uchun uning chaqiriq ko'rinishini ishlatamiz. () qavslari funksiya chaqirig'ida qo'llaniladi. Agar funksiyaning kirish argumentlari bo’lmasa, () qavslar bo’sh holda qo’llaniladi.



Download 243.47 Kb.
1   2   3   4




Download 243.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligimuhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 243.47 Kb.