|
O‘zbekiston resрublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 3/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #246043 |
Bog'liq Qodirov D MUNDARIJA
KIRISH 6
I BOB. MA'LUMOTLAR BAZALARI, AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI 8
1.1.Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 8
1.2.Ma'lumotlar bazalarining ishlash prinsplari 14
1.3.Ma'lumotlar bazasi afzallik va kamchiliklari 23
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimining afzalliklari: 24
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimining kamchiliklari: 27
II BOB. MA'LUMOTLAR BAZASINI HIMOYALASH USULLARINI O'RGANISH VA QO'LLASH 39
2.1. Ma'lumotlar bazasini himoyalashning turlarini (kriptografiya, parol himoyalash, shifrlash, kundalik nusxalash, va h.k.) o'rganish 39
2.2. Har bir himoya usulining afzalliklari va cheklovlari haqida ma'lumot olish 47
2.3. Har bir usulni amalga oshirishning afzalliklari va qo'shiladigan qismlarini ko'rish 59
III BOB. MA'LUMOTLAR BAZASINI HIMOYA QILISHNING AMALIY ASOSLARI 75
3.1.Ma'lumotlar bazasini himoyalash siyosatini ishlab chiqish 75
3.2.Ma'lumotlar bazasini himoyalash jarayonlarini o'rganish va xatoliklarni to'g'rilash uchun maslahatlar 76
3.3.Ma'lumotlar bazasini himoya qilish uchun tegishli texnologiyalarni tanlash va ulardan foydalanish 83
XULOSA 86
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 88
KIRISH
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralari- ning yangi usullarini izlab topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriya- tini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijti- moiy faoliyatni zamonaviy kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolari- dandir. Bu muammolarni hal etishda “Ma’lumotlar bazasi” ning o‘rni kattadir.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda ma’lumotlar va bilimlar bazasi texnologiyala- rining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilinmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishga, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o‘rganish va turli sohalarga tatbiq qilish Ma’lumotlar bazasini predmeti hisoblanadi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi — bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni esa ma’lumotlarni tuzulmaviy tartiblashtirgan holda, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo‘llabgina bajarish mumkin.
Birinchi bobda Ma’lumotlar bazasi haqida umumiy tushunchalar, boshqarish tizimlari, uning afzalliklari haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari Ma’lumotlar bazasida kuzatiladigan zaifliklar ,ularni oldini olish keltirilgan.
Ikkinchi bobda
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston resрublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|