• Qo‘shin tuzilishi.
  • O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib 
    berilgan. 
    Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular 
    ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alo hida 
    davlat devonxonasi, qo‘shini mavjud edi. Ularning markaziy 
    hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yubo-
    rib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini 
    bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan 
    iborat edi.
    Qo‘shin tuzilishi.
     
    Amir Temur davlat mustaqilligi va 
    muho faza yo‘lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga 
    suyanar edi. Shuning uchun ham u qo‘shin boshliqlarini tanlash 
    va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish 
    tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki 
    intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. 
    Sohibqiron intizomli qo‘shin tuzishga, jang paytida qo‘-
    shin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal 
    qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo‘llashga, 
    mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga


    118
    qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga 
    erishgan. 
    Amir Temur qo‘shiniga chorvadorlar qatori o‘troq aholi-
    dan ham askar to‘plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan 
    to‘p lash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar 
    edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan otliq 
    askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir 
    Temur qo‘shini son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar 
    tartibi takomillashib borgan, o‘z zamonasining ilg‘or qurol va 
    texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-bosh, 
    bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda 
    qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan.
    Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida 
    tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman – o‘n 
    minglik, hazora – minglik, qo‘shun – yuzlik va ayl – o‘nlik 
    birik 
    malariga bo‘lingan. Amir Temur o‘n minglik askarni 
    boshqarish uchun tuman og‘asi, minglik bo‘linmalar uchun 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish