121
ustiga yurish Amir Temurning to‘satdan vafot etib qolishi
(1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.
“Temur tuzuklari”.
Amir Temur
hayotlik davridayoq uning
harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan
maxsus asar yaratilib, u
“Temur tuzuklari” nomi ostida shuhrat
topadi. Unda davlatni boshqarishda
kimlarga tayanish, toj-u
taxt egalari faoliyatining tartibi – tutumi va vazifalari,vazir va
qo‘shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir
Temurning
“... davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash,
tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga
oshirdim”, “Kuch – adolatdadur” degan so‘zlari uning mam-
lakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik
beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir
Temur davlatni boshqarish
va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo
qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.