• Klavixo
  • Oltin O‘rda bilan munosabatlar




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Oltin O‘rda bilan munosabatlar. 
    Amir Temur yordamida 
    To‘xtamish Oltin O‘rda taxtiga kelgan bo‘lsa-da, uning Mova-
    rounnahrga talonchilik yurishlari avj oldi. Bundan tashqari
    To‘xtamishxon Misr, Iroq va Turkiya bilan harbiy ittifoq tuzib, 
    Amir Temurga zarba bermoqchi bo‘ldi. 1384-yilda To‘xta-
    mishxonning elchisi Misr sultoni Barquq bilan uchrashuvda 
    Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi. Bunday taklifga shu 
    yili Misrga kelgan Turkiya va Sivas elchilari mamlakatlari Amir 
    Temurga qarshi bo‘lgan harbiy ittifoqqa qo‘shilishini aytdilar. 
    Turkiya, Misr va Oltin O‘rdaning o‘zaro yaqinlashuvi Amir 
    Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirardi. Shuning uchun Amir 
    Temur bu harbiy ittifoq harakatga kelishiga yo‘l qo‘ymadi. 
    Amir Temur ittifoqchilarni bittadan safdan chiqarish siyosatini 
    tutdi. 1395-yilda To‘xtamishxonga, 1402-yilda Yildirim 
    Boyazidga qaqshatqich zarbalar berdi. 
    Xitoy va Hindiston bilan munosabatlar.
    Sharqning eng 
    katta davlatlaridan Xitoy bilan munosabatlar Amir Temur 
    davrida bir qadar jiddiylashib qolgan edi. Bunga Xitoy 
    hukmdorlarining ulug‘ davlatchilik siyosati sabab bo‘lgandi. 
    Min imperatorlari Xitoyga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni 
    Xitoyga qaram mamlakatlar deb hisoblar edilar. Amir Temur-
    ning elchilari va savdogarlari olib borgan sovg‘a-salomlarni 


    124
    esa o‘lpon deb atar edilar. Temur ham Xitoy elchilari bilan 
    shunga yarasha munosabatda bo‘ldi. Klavixoning ma’lumot-
    lariga qaraganda, 1404-yilda Samarqandga kelgan Xitoy 
    imperatorining elchilarini boshqa mamlakat elchilaridan 
    yuqo 
    riga o‘tqazib qo‘yilgan ekan. Yuqoridagi aytilganlardan 
    kelib chiqib Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra ular ham boshqa 
    mamlakat elchilari qatoridan o‘ziga yarasha joyga o‘tqazilgan.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish