• To‘xtamish Oltin O‘rda
  • To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon
  • 1398–1399-yillar
  • Amir Temurning harbiy yurishlari




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Amir Temurning harbiy yurishlari. 
    Amir Temurning 
    har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sa-
    bablar – o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi 
    dush 
    manlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘l-
    to‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jozalash, 
    bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini 
    kengaytirishdan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib 
    olish mumkin. 
    Amir Temur yordamida To‘xtamish Oltin O‘rda taxtini 
    egallaydi. Keyinchalik To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U 
    Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada 
    Amir Temur To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga 
    majbur bo‘ladi.
    So‘nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy 
    Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Jangda 
    Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni 
    kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga 
    chiday olmagan To‘xtamish
    qo‘shinining safi buzilib, orqaga 
    chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon sanoqligina askari 
    bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan 
    askarlardan bekindi.
    Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A.Y.Yaku bovskiy-
    lar 
    ning ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan 
    qo 
    zongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki 


    120
    butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining 
    birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 
    Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustah-
    kamlash va kengaytirish maqsadida EronOzarbayjonIroq
    Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar 
    tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom 
    olgan. 
    Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib, moli omon 
    to‘lagan shaharlarga tegmagan, qo‘shinlarni bunday shaharlarga 
    kiritmagan. 1398–1399-yillarda Hindistonga yurish qiladi va 
    Dehlini egallaydi.
    Keng ko‘lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron 
    Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati 
    chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur usmonli turklar sultoni 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish