• Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor
  • 1553-yili Italiyaning Flo rensiya shahrida italiyalik olim Perondino
  • Pero Meksika
  • Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida. 
    Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda 
    sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim 
    o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi 
    bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda “Sohibi adl” – “Ado lat 
    sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNeSKO tash-
    kilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand 
    va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
    keng miqyosda nishonlandi va shu yil O‘zbekistonda “Amir 
    Temur yili” deb e’lon qilindi. 
    Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan 
    uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor 
    o‘zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar. 
    Bu, xususan, bugun juda muhim. Chunki insoniyat shuni 
    tushundiki, biz hammamiz bir-birimizga chambarchas bog‘liq, o‘zaro 
    aloqadorlikda yashar ekanmiz, demak, endi yangi va xavfsiz dunyo 
    tartiboti o‘rnatish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.
    I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
    Prezidenti
    1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda 
    Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya 


    129
    sulton Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng, 
    fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib, 
    ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan. 
    Bugun bu ulug‘ zotni buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi, 
    mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun 
    dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat 
    sohibqiron haqida iliq fikrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va 
    faoliyatiga yuksak baho bermoqdalar. 
    Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning fao-
    liyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi. 1553-yili 
    Italiyaning Flo rensiya shahrida italiyalik olim Perondinoning 

    Skifiyalik­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi. 
    Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy 
    tadqiqoti edi. Ushbu asrda ispan tarixchisi Pero Meksikaning 
    Buyuk Temur tarixi” asari chop etiladi. 1582-yili Seveliyada 
    mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning “Esdaliklarikitobi 
    nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning “Buyuk 
    Temur” nomli sahna asari ham shu asrda yaratildi. Shundan 
    beri buyuk Sohibqironga atalgan asarlarning keti uzilmaydi. 
    Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 
    mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari 
    chop etilgan. 
    Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va fao 
    liya-
    tiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho be-
    rib kelindi. Shunga qaramasdan, 1968-yilda faylasuf olim 
    I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tut­
    gan o‘rni va roli” risolasini nashr etilishi jamoatchilikning bu 
    mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi. Asar keskin 
    tanqidga uchradi. Ammo I.M.Mo‘minovning Amir Temur 
    shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi bu uning ilmiy 
    jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi 
    bo‘ldi.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish