• 36-§. TEMURIyLAR DAVRIDAGI SIyOSIy JARAyONLAR Tayanch tushunchalar: muxolafat, saltanat taxti uchun kurash, Shohrux hukmronligining qaror topishi.
  • Pirmuhammad
  • Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning ukasi Sulton Husayn Mirzo
  • maktabi ” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif  yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 1




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    maktabi
    ” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif 
    yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
    1. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni 
    haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting.
    2. Amir Temur qanday nomlar bilan ulug‘landi? 
    3. Amir Temurning qaysi voqeadan so‘ng Yevropada obro‘-
    e’tibori oshib ketdi? Nega aynan shu voqeadan so‘ng deb 
    o‘ylaysiz?
    5 – Tarix 7


    131
    4. Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga 
    qiziqishi qachondan boshlangan?
    5. I.M.Mo‘minovning risolasi nega tanqidga uchragan deb 
    o‘ylaysiz?
    6. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Amir Temur-
    ning nomini adadiylashtirish uchun amalga oshirilgan ishlar 
    haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang. Amir Temur haqida 
    qanday badiiy asarlar o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz 
    mazmunini gapirib bering.
    36-§. TEMURIyLAR DAVRIDAGI SIyOSIy 
    JARAyONLAR
    Tayanch tushunchalar: muxolafat, saltanat taxti uchun 
    kurash, Shohrux hukmronligining qaror topishi.
    Taxt uchun kurash.
     
    Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni 
    Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O‘tror shahrida 
    vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n 
    yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik 
    saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat 
    tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga 
    cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish 
    murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar 
    ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
    Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rta-
    sidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro zid-
    diyat va urushlar sabab bo‘ldi. Amir Temur vafoti ol-
    didan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul, 
    Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan 
    edi. Pirmuhammadni taxtga o‘tqazish tarafdorlari kuchli 
    bo‘lsa-da, biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo 
    o‘zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni 
    egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon 
    qiladi. Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib 
    yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o‘ng tomonidagi 
    yerlarni ham o‘z hokimiyatiga qo‘shib oladi.


    132
    Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida 
    Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini 
    o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-
    da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli 
    amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi 
    va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda 
    Farg‘onaning hoki mi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin 
    Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning 
    ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi 
    viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi 
    bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy 
    valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil 
    Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda 
    boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
    Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari 
    hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Pirmuhammad 1407-yil 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    maktabi ” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif  yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 1

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish