• * Ushr (arabcha – “o‘ndan bir”) – idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
  • Buxoro , Poykand , Sug‘d
  • * Muhammad Narshaxiy (899–959) – tarixchi olim




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    * Muhammad Narshaxiy (899–959) – tarixchi olim. 
    Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. “Buxoro 
    tarixi” nomli asarini yozib qoldirgan
    * Amir (arabcha – “amr qiluvchi”, “boshliq”, “hokim”) – 
    lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligi davrida 
    alohida qo‘shin qo‘mondonlari amir deb atalib, ular 
    odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar
    * Fath (arabcha) – “egallash”, “zabt etish”, “bosib 
    olish” ma’nosini beradi
    * Iqto (arabcha) – chek, taqsimlab berilgan yer, hukmdor 
    tomonidan katta xizmatlari uchun in

    om qilingan chek 
    yer
    * Ushr (arabcha – “o‘ndan bir”) – idora ishlari uchun 
    daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq


    31
    ijara tarzida bo‘lib berishgan. Buning uchun ziroatkorlar soliq 
    to‘lashgan. Dehqonlar va amirlar soliqning xalifa xazinasiga 
    tushishida vositachilik qilishgan. 
    1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib arablar haqida 
    va Islom dini qanday vujudga kelganligini gapirib bering.
    2. Xuroson qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? Uning markazi 
    qaysi shahar bo‘lgan?
    3. Ayting-chi, Movarounnahr qanday ma’noni anglat gan?
    4. O‘ylab ko‘ring-chi, nega arablar Movarounnahrni dast lab bo-
    sib olishni ko‘zlamagan?
    5. Xorazm xalifalikka qanday tobe etildi?
    6. Arablar Movoraunnahrni necha yil mobaynida bosib olgan?
    7. Arablar davrida yer egaligining qanday shakllari mavjud 
    bo‘ldi?
    10-§. MOVAROUNNAHRDA ISLOM DININING 
    yOyILISHI
    Tayanch tushunchalar: fath oqibatlari, soliqlar, Islomga da’vat. 
    Iqtisodiy oqibatlar.
    Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida 
    uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p 
    shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari 
    buzib tashlandi. ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. 
    Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, ku 
    mush, 
    qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olindi. 
    Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d 
    hukm dorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. 
    Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb 
    etdilar.
    Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar 
    undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    * Muhammad Narshaxiy (899–959) – tarixchi olim

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish