• Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros
  • Nasr ibn Sayyor
  • * Islohot — mavjud tartibni o‘zgartirish * Farmon — qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq
  • Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. 
    Bunday qo‘zg‘olonlardan 
    biri 720-yilda Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga Sug‘d ixshidi 
    G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.
    Sug‘dliklarga yordam berish uchun yettisuvdan turk lash-
    karlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi ko‘tariladi. 
    Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba 
    beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qol -
    gan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘z-
    g‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
    Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. 
    Movarounnahr aholisini 
    tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida 
    Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj 
    va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinch-
    lantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon deh-
    qonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni 
    qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar. 
    Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) 
    mam 
    lakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida 
    moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar 
    jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan 
    tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning 
    xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi.
    Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor deh-
    qon lar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni 
    vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga 
    uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy 
    zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela 
    boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq 
    * Islohot — mavjud tartibni o‘zgartirish
    * Farmon — qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq


    35
    harakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi 
    eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish