• Tayanch tushunchalar: zulmning kuchayishi, Abu Muslim tar- g‘i boti, Abu Muslim qo‘zg‘oloni, abbosiylar. Xalq noroziligining kuchayishi.
  • Muhammad ibn Ali
  •  Ayting-chi, nega Movarounnahr aholisi qo‘zg‘olonlar ko‘targan? 2




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    1. Ayting-chi, nega Movarounnahr aholisi qo‘zg‘olonlar ko‘targan?
    2. Xuroson noiblari Movarounnahr aholisini tinchlantirishga 
    nega harakat qilganlar va ular qanday siyosat yuritdilar?
    3. G‘urak va Divashtich qayerdagi qo‘zg‘olonga boshchilik 
    qilganlar? Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar
    to‘plang. 
    4. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nega yengilgan? Muqanna haqida 
    qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang.
    5. Rofe ibn Lays boshchiligida qo‘zg‘olon qay tariqa bostiriladi?
    Quyidagi jadvalni xalifalikka qarshi qo‘zg‘olonlar
    mavzusiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring: 
    Bo‘lib o‘tgan 
    qo‘zg‘olonlar
    Qo‘zg‘olon sabablari
    Qo‘zg‘olon natijalari
    12-§. ABBOSIyLAR DAVRIDA XUROSON
    VA MOVAROUNNAHR
    Tayanch tushunchalar: zulmning kuchayishi, Abu Muslim tar-
    g‘i boti, Abu Muslim qo‘zg‘oloni, abbosiylar.
    Xalq noroziligining kuchayishi.
     
    VIII asrning 40-yillarida 
    xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad pay-


    38
    g‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abbosning evarasi Muhammad 
    ibn Ali xalifalik uchun kurash boshlaydi. Umaviylar Muhammad 
    (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblangan edi. Shu tariqa 
    xalifa 
    likda umaviylar hukmronligini ag‘darib tashlash uchun 
    keskin harakat boshlanib ketdi.
    Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa 
    Mar von II (744–750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda 
    kuchaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani 
    hamda aholi 
    ning muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi 
    sabab bo‘ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun 
    Abbosiylar turli viloyatlarga ko‘plab targ‘ibotchilar yuboradilar. 
    Shunday targ‘i 
    botchilardan biri kufalik Abu Muslim edi. 
    U Xurosonga kelib, aholini payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) 
    avlodlarini quvvatlashga cha qiradi.
    Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar 
    Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi 
    tash 
    vi 
    qotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va 
    Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Mamlakat aholisi 
    xalifalikka qar 
    shi qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘olonchilarning deyarli 
    barchasi qora li bos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim 
    motam ramzi, qola versa, zabardast kuch bayrog‘i hamda shid-
    datli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib 
    turadigan belgini anglatgan.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ayting-chi, nega Movarounnahr aholisi qo‘zg‘olonlar ko‘targan? 2

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish