XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining
umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha
oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyo
siy, xususan,
ma’muriy boshqaruv jiha tidan mustahkam emas edi. Chunki,
mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z
vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o‘zbo-
shimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto
ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib,
amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy
dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya’ni “turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan
Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari
hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari
orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati
yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar,
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib
qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi
ku chayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi.
Bun day o‘ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sul- ton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida “Davlat ken gashi”ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar
jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror
qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana
66
shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon
boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.
1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib Mo‘g‘ullar
davlati qanday vujudga keldi? Chingizxon qaysi qo‘shni
davlatlarni bosib oldi?
2. Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub
maqsadlari nima edi?