• 1216-yil da Chingizxon
  • Mahmud yalavoch
  • - yil da Onon daryosi bo‘yida cha- qi  ril  gan mo‘g‘ul urug‘ va qabila bosh- liqlarining qurultoyida Temuchin




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    1206- yil da Onon daryosi bo‘yida cha-
    qi 
    ril 
    gan mo‘g‘ul urug‘ va qabila bosh-
    liqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ 
    xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga 
    Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘-
    g‘ullar davlatiga asos solinadi.
    Chingizxon olib borgan urushlar na-
    ti 
    jasida Gobi sahrosining sharqiy che-
    ga rasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tiz ma sining g‘ar biy 
    etaklarigacha bo‘lgan vi 
    loyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukm-
    ronligi ostida birlashtirilgan edi. endilikda Mo‘ 
    g‘ul 
    lar dav-
    latining g‘ar 
    biy hududlari Sul 
    ton Muhammad Xorazmshoh 
    salta natining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.
    Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuch-
    qud 
    ratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga 
    harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.
    Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh 
    Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z el 
    chi 
    larini yuboradi. 
    elchi larni Chin giz xon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto elchi-
    lardan u Sulton Muhammadni G‘arb ning sohibqironi (G‘arb 
    mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi 
    deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi. 
    Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta 
    karvon bilan o‘z el 
    chilarini Xorazmga yuboradi. elchi 
    lar 
    ga 
    xorazmlik savdogar Mahmud yalavoch boshliq qilib tayin-
    lanadi. Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad 1218-yilning 
    3 – Tarix 7
    Chingizxon


    64
    bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. elchilar Chingizxon 
    Sulton Muham madni qudratli podshoh sifatida bilib, uni o‘zining 
    eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi hamda u bilan do‘stona 
    shart noma tuzishga roziligini aytadi. eng ardoqli o‘g‘illari qa-
    to rida ko‘rish “iltifoti”, shubhasiz, Sharq ustomonligida “Chin-
    giz xonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib olish niyati bor” 
    degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari soniy (Ikkinchi 
    Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday “istiqbol” 
    sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda 
    xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik 
    bo‘lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga 
    xizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatni 
    aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi 
    bo‘lib qolishini talab qiladi. Chingizxon o‘z elchilarining ish 
    natijalaridan mamnun bo‘ladi. Chunki Mahmud Yalavoch 
    Xorazm davlati va uning podshosi to‘g‘risida Chingizxonga, 
    mo‘g‘ullar to‘g‘risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlariga 
    qaraganda ham ko‘proq axborot to‘plab qaytgan edi.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - yil da Onon daryosi bo‘yida cha- qi  ril  gan mo‘g‘ul urug‘ va qabila bosh- liqlarining qurultoyida Temuchin

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish