• Balx, Hirot, Marv va G‘azna
  • Chingizxon Jaloliddin Manguberdi
  • Sayfuddin Ag‘roq, Jaloliddin Manguberdi 72 A’zam Malik
  • Chingizxon G‘azna ga as kar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin
  • Jaloliddin
  • O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Ashura orolida o‘g‘li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab
    1220-yilning dekabrida vafot etadi. 
    Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘-
    g‘ul jangarilarining bos 
    qinchilik yurishi Amudaryo janu-
    bidagi yirik savdo va ma da niyat markazlari: Balx, Hirot, 
    Marv va G‘azna kabi shahar larga yo‘naltiriladi. Ammo bu 
    viloyatda ular Jaloliddin Man gu berdining qattiq qarshi-
    ligiga uchraydi. 
    Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul 
    qo‘shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu 
    Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik 
    g‘alabasi edi.
    Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu 
    no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi 
    Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g‘alaba qozondi. Biroq 
    g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda 
    Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik 
    boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Jaloliddin_Manguberdi__72_A’zam_Malik'>Sayfuddin Ag‘roq, 
    Jaloliddin 
    Manguberdi


    72
    A’zam Malik va 
    Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib keta-
    dilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi urinishlari naf 
    bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaif-
    lashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga 
    as 
    kar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor 
    etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi 
    qirg‘oq lariga yaqinlashib boradi. Daryo bo‘yida 1221-yilning 
    25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Jaloliddin 
    Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning 
    pis tir malarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni 
    yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda Sind 
    daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi. U bilan birga 
    uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. 
    Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”
    narigi tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning 
    jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon
    uni ta’qib qilish fikridan 
    qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday 
    bo‘lishi lozim”, – degan ekan. Chingizxon bungacha hech bir 
    shoh, hukmdor yoki sarkardaga tan bermagan va hech kimni 
    o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish