• Quyidagi jadvalni mavzuga oid ma’lumotlar bilan
  • Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari.
    Mo‘g‘ullar istilosi oqi-
    ba 
    tida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod 
    deh qonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko‘rkam 
    shahar lar, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, 
    Banokat, Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv 
    vohasining sug‘orish tarmoqlarining bosh to‘g‘oni – mashhur 
    Sultonband buzib tashlandi.
    Samarqandliklar o‘z ona shaharlarini tark etib chiqib ket-
    dilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qish loq- 
    larni tashlab, o‘zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga 
    bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning 
    ziroatchi aholisi soni keskin kamayib ketishi oqibatida ekin 
    maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi.
    Mohir hunarmandlar g‘oliblarning yurtini obod etish uchun 
    majburan Mo‘g‘ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat 


    73
    topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to‘qish, naqshli 
    shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi.
    Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali 
    Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o‘tgan mashhur Ipak 
    yo‘li mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu 
    davrda ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi.
    1. Jaloliddinni qanday kuch jasoratga undagan edi? 
    2. Jaloliddin Manguberdi avval qaysi yerlarga hokim etib tayin-
    langan edi?
    3. Qayerdagi jang Jaloliddinning dushman ustidan qozongan 
    dastlabki yirik g‘alabasi edi?
    4. Parvon jangidan so‘ng nega Jaloliddinning harbiy kuchi zaif-
    lashib qoladi?
    5. Sind daryosi bo‘yidagi jang haqida so‘zlab bering.
    6. Mo‘g‘ullar istilosi qanday oqibatga olib keldi?
    Quyidagi jadvalni 
    mavzuga oid ma’lumotlar bilan 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish