4
KIRISH
Mustaqil O`zbekistonda olib borilayotgan
islohatlarning taqdiri,
pirovard natijada odil demokratik jamiyat qurishimiz bulg`usi
mutaxassislarning saviyasiga zamonaviy fikrlay olishiga bog`liqdir.
Shuning uchun bugungi kunning asosiy vazifasi-yoshlarda yuksak
ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o`z Vataniga va xalqiga
sadoqatli fuqaroni shakllantirishdir. Shu olijanob maqsadlarga
erishishda oliy ta'limning hissasi beqiyosdir.
Yoshlar
ongiga yuksak fuqarolik, ma'naviy barkamollik
sifatlarini singdirishda ta'limning barcha omil va vositalaridan
pedagogik ishning barcha usullaridan oqilona, maqsadga muvofiq
foydalanish,
hech shubhasiz, o`zining samarali natijalarini beradi.
Har bir professor-o`qituvchi ta'lim berishga jiddiy qarashi, xususan,
talaba-yoshlarga ta'lim berishda talabalarning mustaqil ishiga ham
e'tiborni qaratish kerak.
O
’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2001 yil 16
avgustdagi «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash
to
’g’rsida»gi 343-son qaroriga hamda OUMTVning 2005 yil 21
fevraldagi 34-sonli buyrug
’i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim
muassasasida «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va
baholash tartibi to
’g’risida»gi Namunaviy Nizomga muvofiq kadrlar
tayyorlash sifatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil
etish, nazorat qilish va baholash tartibi belgilanadi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o
’qituvchi rahbarligi va
nazorati ostida talabada muayyan o
’quv ishlarini
mustaqil ravishda
bajarishi uchun zarur bo
’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish
va rivojlantirishdan iborat. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga
axborot manbasi sifatida darslik va o
’quv qo’llanmalar, metodik
qo
’llanmalar va ko’rsatmalar, ma'lumotlar to’plami va banki, ilmiy
va
ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmoqidagi tegishli
ma'lumotlar, berilgan mavzu bo
’yicha avval bajarilgan ishlar banki
va boshqalar xizmat qiladi.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
-fanda qo
’lga kiritilayotgan yangi bilimlarni mustaqil tarzda
puxta o
’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
5
-o
’qitilayotgan fanniga doir kerakli ma'lumotlarni izlab topish,
materialni tahlil qilishning qulay usul va vositalarini aniqlash;
-axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
-an'anaviy o
’quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan
ishlash;
-elektron o
’quv adabiyotlari va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
-internet tarmoqida yoritilib borilayotgan yangiliklardan
maqsadli foydalanish;
-berilgan topshiriqni ratsional yechimini belgilash;
-o
’qitilayotgan fandan ma'lumotlar bazasini tashkil etish;
-mustaqil
ishda o
’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni
bajarishda tizimli va ijodiy yondashish; Talaba tomonidan ishlab
chiqilgan yechim, loyiha yoki g
’oyani
asoslash va mutaxassislar
jamoasida himoya qilish.OUMTVning Oliy ta'lim muassasasida
«Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash
tartibi to
’g’risida»gi Namunaviy Nizomga muvofiq mustaqil ish
bo
’yicha belgilangan maksimal reyting ballining 55% dan kam ball
to
’plagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.
Talabaning mustaqil
ishi kafedra arxivida ro
’yxatga olinadi va o’quv
yili mobaynida saqlanadi.
Ushbu
uslubiy
ko
’rsatmada birinchi kurs talabalari
“O'zbekiston tarixi” fanidan mustaqil ishni aniq va tugri bajarishlari
uchun zaruriy uslubiy ko`rsatma va topshiriqlar, zarur adabiyotlar va
internet manzillarida mavjud saytlar tavsiya qilindi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish kadrlar tayyorlash sifatini
oshirishda istiqbolli, texnologik metodlardan bo`lib, kelajakda ijobiy
natijalar beradi deb o`ylaymiz.