|
-§. Tashkilotlar miqiyosida masofadan muloqot tizim larining ichki tuzlishi
|
bet | 10/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #247129 |
Bog'liq Nabijonov Asliddining kurs ishi 3-§. Tashkilotlar miqiyosida masofadan muloqot tizim larining ichki tuzlishi.
Bizga dasturni ishga tushirganimizdan so’ng login va parol bilan dasturga kirishni so’raydi. Dasturga kirish uchun kiritilgan login yoki parol xato bo’lsa bizga “login yoki parolda xato xatolik bor” degan oyna chiqadi aks xolda esa dastur keyingi qismga o’tadi.
Login va parol orqali tizimga kirganimizdan so’ng bizga quyidagicha oyna hosil bo’ladi. Bu oyna bizning dasturimizning asosiy qismi hisoblanib asosiy ishlar shu oyna orqali bajariladi. Bu oyna quyidagicha ko’rinishda bo’ladi(1-rasm).
Ko’rinib turganidek bu oynada “IP”, “Port” , “Start”, “Connect” va “Send” tugmalari mavjud. Har bir tugma va elementlar dasturda juda ham katta vazilarni bajaradi ya’ni, “Port” – ixtiyoriy ravishda kiritiladi; “Port” – ixtiyoriy ravishda kiritilgan port takrorlanadi; “Connect” tugmasi orqali ikkala ip va portlarni bog’lovchi tugma hisoblanadi. Dastur ishlaganini biz oynalar ulanib bizga xabar yozish uchun imkoniyat yaratilganidan bilishimiz mumkin. Dastur ishlayotganida bizga quyidagicha oyna xosil bo’ladi.
D asturimiz ishlab o’zaro ulangandan so’ng biz xabar yuborishimiz mumkin va bu quyidagicha ko’rinishda bo’ladi. Server K ilent
Ular o’rtasidagi muloqot
XULOSA
Ushbu ishda tashkilotlar miqiyosida masofadan muloqot tizimlarining tasnifi, dasturiy vositalar yaratish jarayonida qo’llaniladigan komponentlar va ularning tavsifi hamda masofadan muloqot tizimlarining ichki tuzilishi kabi muhim mavzular qamrab olingan. Tadqiqot davomida, masofadan muloqot tizimlarining samaradorligini oshirish va ularni yanada qulay va ishonchli qilish yo’llari ko’rib chiqildi. Shuningdek, dasturiy vositalar yaratishda zarur bo’lgan asosiy komponentlar va ularning tizim ichidagi o’zaro aloqalari tahlil qilindi.
Natijada, tashkilotlar miqiyosida masofadan muloqot tizimlarini joriy etish va rivojlantirishning ahamiyati va zarurati yanada aniqroq ko’zga tashlandi. Ushbu tizimlar tashkilotning ichki va tashqi kommunikatsiyasini yaxshilash, ish jarayonlarini tezlashtirish va umumiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Tizimlarning ichki tuzilishi esa, ularning ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, masofadan muloqot tizimlarini takomillashtirish va ularning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, tashkilotlarning raqobat-bardoshligini oshirishda muhim qadam bo’lib, kelajakda bu yo’nalishdagi izlanishlar davom ettirilishi lozimligi ayon bo’ldi.
|
| |