O‘zbekiston




Download 0,51 Mb.
bet2/11
Sana21.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#247129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nabijonov Asliddining kurs ishi













KIRISH


Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta’lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta’lim", "Ochiq ta’lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o‘tmoqda, ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning 90 %i so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining ko‘payib borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Hozirgi kunda kundalik faoliyatning hujjatlar, muloqot va boshqa bir qancha sohalari virtual tizimga o‘tib bormoqda. Ushbu tizim hukumat masalalarida, ta’lim jarayonlarida, umuman olganda, har qanday hujjat va shu kabilar bilan olib boriladigan muloqotlarda korrupsiya holatini kamaytirish va yo‘q qilish, uning ortidan kelib chiqadigan noxush voqealar oldini olish va shu kabilarga asosiy xizmat qiladi. Shuning uchun ham hozirgi davrda davlat organlaridan olmoqchi bo‘lgan ma’lumotnomalarni shundoq onlayn tizim – saytga kirib, kerakli qismlarni, ma’lumotlarni maxfiy holda to‘ldirib, o‘zimizga kerakli hujjatni yuklab olishimiz mumkin va tegishli joyga ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lmoqda. Avvalgi davrdagi kabi hukumat binosiga borishning, bir qancha vaqtimizni oluvchi navbatlarni kutishimizga zarurat yo‘q bo‘lmoqda. Xususan, ta’lim jarayoniga buning tadbiqini ham kuzatishimiz mumkin. Biz, talabalarning ham yaqin davrda ishga tushgan HEMIS axborot tizimi ham shu jumladan bo‘lib, unda axborotlarni – to‘lov-shartnoma va boshqa ba’zi ishlar uchun zarur bo‘ladigan ushbu universitetda o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, o‘qituvchi-professorlarning o‘quvchilarga beradigan mustaqil ta’lim, kurs ishi, joriy nazorat savollari va boshqa shu kabi hujjat ishlarini ham onlayn amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Talabalarga ham ushbu hujjatdagi amallarni bajarib, o‘qituvchi-professorga hujjatni topshirish zarur bo‘lmay, uning elektron shaklini HEMIS axborot tizimi orqali jo‘natishi mumkin. Bu orqali korrupsiyaning oldi olinishi ma’lum. Xuddi shuningdek, faqat korrupsiya holatini oldini olish uchun xizmat qilmaydigan ushbu tizimning boshqa bir qancha qulayliklari mavjud. Ushbu xususiyatlariga oliy va o‘rta maxsus ta’lim jarayonini elektron tizimga muvofiqlashtirishda hujjatlarni ko‘paytirmaslik va ularni ko‘tarib yurmaslikka ham qulaylik beradi. Bunda, o‘quvchilar ro‘yxati, ularning ta’lim jarayonidagi davomati, o‘quv jarayoni uchun dars jadvali kabi hujjat ishlarini elektronlashtirish va bu orqali qulay va samarali dars jarayonini tashkil etish asosiy mazmun hisoblanadi.

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,51 Mb.