Metallarga ishlov berish stanoklari/




Download 13.29 Mb.
bet20/64
Sana25.03.2017
Hajmi13.29 Mb.
#2250
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Metallarga ishlov berish stanoklari/

Metall qirqish stanogi (metallorejushiy stanok)— buyumlarga, asosan qirqish asbobi bilan qirindi yo’nib ishlov beradigan mashi­na. Shuningdek, plastmassa, shisha, keramika singari metallmas materiallarga ishlov berishda ham qo’llaniladi. Ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga bo’linadi: universal (umumiy ishlarga mo’ljallangan)— detallarga ishlov berishda turli operasiyalar bajaradi; ko’p ishlarga mo’ljallangan — keng nomenklaturadagi buyumlar uchun chekli operasiyalar bajaradi; ixtisoslashtirilgan — bir xil nomdagi yoki shakldagi o’xshash detallarga ishlov beradi; mahsus — bir xil tip o’lchamli detallarga ishlov beradi. Avto matlashtirish darajasiga ko’ra, avto­mat liniyalar, ya’ni mexanizm va qurilmalar (elektron, elektr, pnevmatik, gidravlik) sistemasidan iborat bo’lgan (shu bilan birga raqamli boshqarish programmasi bo’lgan) avtomat-stanoklar; bularda energiya, mate­rial, axborotlarni olish, o’zgartirish, uzatish va ulardan foydalanish prosesslari to’la mexanizasiyalashgan bo’ladi; avtomatik ish siklida ishlaydigan yarim avtomat — stanoklar; bunda ish sikli detalga ishlov berilgandan so’ng uziladi va tayyor detal olinib, uning o’rniga yangisi qo`yilgandan so’ng yana boshlanadi; qo’lda boshqariladigan metall qirqish stanoklari bo’ladi. 22- rasm.

Metall kesish stanogi —metall va boshqa materiallardan buyumlar tayyorlash maqsadida ularga kesib ishlov beradigan mashina. Mashinasozlik, asbobsozlik va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi jihozlarning asosiysi hisoblanadi.

Materiallarga ishlov berish qadimdan ma’lum; u paytlarda detal qo’l bilan aylantirilib, tosh va boshqa keskichlar bilan yo’nilgan. 12-asrda qo’l bilan harakatlantiriladigan tokarlik parmalash stanoklari, 14-asrga kelib esa suv tegirmoni yordamida harakatlantiriladigan stanoklar paydo bo’lgan. Mexanik stanoklar, asosan, Italiya, Fransiyada tayyorlangan, Rossiyaga ham o’sha erlardan keltirilgan. 1711 yilda Florensiyadan Rossiyaga usta Zinger tayyorlagan stanok keltirilgan. Keyinchalik uni Pyotr I ishga taklif qilgan. Saroy ustaxonasida rus mexanigi A. K. Nartov (1694—1756) stanok konstruksiyasini ishlab chiqishda va ularni yaratishda qatnashgan. Shuningdek, dunyoda birinchi mexanik supportli va almashinadigan tishli g’ildirakli tokarlik-vint kesar stanogi (1738) yaratildi. Keyinchalik bu sta­noklar Germaniya, Fransiya, Shveysariya va AQShda takomillashdi.



Detallarga ishlov berish aniqligiga ko’ra, normal, yuqori, yuksak, nihoyatda yuksak va alohida (master-stanok) aniqlikdagi; texnologik belgilariga yoki ishlatadigan asbobining tipiga ko’ra, tokarlik, parmalash va yo’nib kengaytirish, silliqlash va o’lchamga etkazish, kombinasiyalangan, tish va rezba ochish, frezalash, randalash, o’yish hamda protyajkalash va boshqa metall qirqish stanoklari bo’ladi. Bunda stanoklarning yangi tiplarini loyihalash boshlangan edi. 1970 yilga kelib 1817 tip o’lchamli metall kesish stanogi yiliga 230 ming donadan ishlab chiqarishga erishildi. Metall kesish stanogini ishlab chiqarish bir necha yo’nalishlarda takomillashmoqda.

Texnologik xususiyatiga ko’ra, metall kesish stanogi tokarlik, randalash, yo’nib kengaytirish, parmalash, frezerlash, silliqlash stanoklariga bo’linadi. Tokarlik stanogida dumaloq buyumlar va detallarning tashqi sirtlari ishlanadi, rezbalar ochiladi; randalash stanogida yassi sirtlar ishlanadi; parmalash stanogida dumaloq teshiklar ochiladi; yo’nib kengayti­rish stanogida dumaloq buyum va detallarning teshiklari ko’plab kengaytiriladi; frezer­lash stanogida tekisliklar, shakldor sirtlar ishlanadi, tishlar ochiladi; silliqlash sta­nogida sirtlarga pardoz beriladi. Tuzilishiga ko’ra, metall kesish stanogi gorizontal, vertikal va qiya xillarga; bir va ko’p shpindelli, ko’p supportli hamda ko’p keskichli, karusel portal va boshqa tiplarga bo’linadi. Metall kesish stanogining stasionar, ko’chma, stol ustiga o’rnatib ishlatiladigan xillari bor. Asosiy ish organi — keskich, parma, freza, abraziv doira. Bir xil detalga metall kesish stanogi bilan bir necha usulda ishlov berish mumkin. Metall kesish stanogining avtomat va yarim avtomat xil­lari ham bor.

Randalash stanogi— mashinasozlikda — tekis yuzalarni ishlashga mo’ljallangan metall kesish stanogi. Bajaradigan ishi va tuzilishiga qarab, bo’ylama, ko’ndalang va o’yish stanoklari (keskichi vertikal harakatlanadigan) ga bo’linadi. Ish prosessi asosiy — kesish (randalash) va salt yurish vaqtidagi ilgarilama-qaytma harakatdan iborat.

Ko’ndalang randalash stanogi buyumlarning kichik va o’rtacha o’lchamli gorizontal, vertikal va qiya yuzalarini randalash uchun ishlatiladi. Buylama randalash stanogi buyumlarning to’g’ri chiziqli ensiz va uzun yuzalarini randalash uchun ishlatila­di. Bo’ylama randalash stanogida, asosan, stolga mahkamlangan zagotovka stanina yo’naltiruvchilari bo’ylab suriladi. Stoykalarning vertikal yo’naltiruvchilariga traversa mahkamlangan. Unga esa ikki keschik tutqichli support o’rnatilgan. Ishlov beriladigan buyumning gabarit o’lchamlariga qarab, traversani stoykada surish va tegishli vaziyatga mahkamlab qo’yish mumkin. Randalash vaqtida vertikal supportlar bilan yon support davriy ravishda surilib turadi. Randalash stanogi stanok staninalari, plitalar, podshipnik korpuslarning tagliklari va boshqalarga ishlov berish uchun ishlatiladi; 2) yog’och ishlashda — aylanuvchi keskichli mashina. Yog’och buyumlar sirtini silliqlash (asosan, arra izini yo’qotish), buyumni aniq o’lchamga keltirish, shakldor profil hosil qilish (masalan, plintuslar) va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bir, ikki va to’rt tomonlama randalaydigan xillari bor. To’rt tomonlama randalash stanogi

(23-rasmga qarang) yarim avtomat hisoblanadi. Unda 4 ta va undan ko’p keskichli val, qo’zg’almas silliqlash keskichi va yog’ochni surib turadigan mexanizm bor.



Tokarlik stanogi —ko’ndalang kesim doiraviy bo’lgan buyumlarga qirindi olish yo’li bilan (yo’nib) ishlov beradigan metall kesish stanogi. Vazifasiga qarab universal va mahsus tokarlik stanogiga, ishlov beriladigan materialiga qarab metall, yog’och va boshqa materiallar ishlaydigan tokarlik stanogiga, ishlab chiqarish xarakteriga va ish unumdorligiga sarab markaziy, revol­ver, bir va ko’p shpindelli, ko’p keskichli, ka­rusel, avtomatlar, yarim avtomat va boshqa tokarlik stanogiga bo’linadi.

Mahsus tokarlik stanogi ma’lum detallar, masalan, silliq va pog’onali vallar, prokat valiklar, turli trubalar va b. buyumlarga ishlov beradi. Universal tokarlik stanogi tokarlik ishlaridan tashqari turli xil operasichlarni bajaradi. Uni­versal stanoklardan eng ko’p tarqalgani tokarlik-vint qirqish stanoklaridir.

Tokarlik stanogi asosan, stanina 1, oldingi babka 4, ketingi babka 6 dan iborat (24-rasmga). Stanina — stanokning asosiy qismi bo’lib, oldingi 2 va ketingi tumbalarga o’rnatiladi. Staninaga stanokning barcha uzellari joylashtiriladi. Stanina bir vaqtning o’zida support 7 ning bo’ylama salazkalarini va ketingi babkani stanok o’qi bo’ylab yo’naltirish uchun xizmat qiladi. Oldingi babka staninaga qo’zg’almaydigan qilib mahkamlangan, unga stanokning muhim qismi — shpindelli uzel montaj qilingan. Oldingi babkada shpindelning turli tezliklar beryalian yuritma (tezliklar qutisi) bor. Shpindel ichi hovol val bo’lib oldingi uchiga patron yoki planshayba o’rnatiladi. Oldingi babka korpusida revers mexanizmi bor, revers mexapizmi esa rezba qirqishda supportning surishlar yo’nalishiki o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Ketingi babka staninaning o’ng tomoniga o’rnatiladi; markazlar orasiga siqib qo’yilgan zagotovkani tutib turish. asboblar (parma, zenker, razvertka va boshqani mahkamlash uchun xizmat qiladi va asboblarning surilishini ta’minlaydi.

Support 7 ko’ndalang va bo’ylama salazkalardan iborat bo’lib, staninaning yo’naltiruvchilari bo’ylab harakatlanadi. Salazkalar ustiga keskich tutqich o’rnatilgan, keskichni ko’ndalang va bo’ylama yo’nalishda hamda shpindel o’qiga nisbatan istalgancha burchak ostida dastaki va mexanik siljishiga imkon beradi.

Fartuk 5 support karetkasiga mahkamlangan. Unda supportni surish mexanizmlari joylashgan. Surish vali 9 dan bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda, surish vinti 10 dan esa rezba qirqishda foydalaniladi. Surish qutisi 11 supportni bo’ylama va ko’ndalang surilish kattaligini o’zgartiradi, shuningdek surish vali yoki surish vintlariga kerakli harakat uzatadi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarida tokarlik, yo’nib kengaytirish, parmalash, rezba qirqish va boshqa ishlardan tashqari, moslamalar yordamida silliqlash, frezalash va boshqa ishlarni bajarish mumkin.



Download 13.29 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Download 13.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarga ishlov berish stanoklari/

Download 13.29 Mb.