|
O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari
|
bet | 7/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #251870 |
Bog'liq O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llariIpoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Aloqabank, Qishloq qurilish bank va Turonbankdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda banklar faoliyatini xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini strategik investorlarga sotish nazarda tutilgan.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida Xalq banki va Aziya alyans bank davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq, Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zagroeksportbank va Poytaxt bankning faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi.
Bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimining regulyatori sifatidagi rolini kuchaytirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning amalga oshirilishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim komponenti hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan Markaziy bank tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati prudensial nazorati mexanizmlari va jarayonlarining Bazel qo‘mitasining Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida baholash o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va zaif jihatlarni bartaraf etishga qaratilgan Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida mazkur Harakatlar rejasida nazarda tutilgan banklarni tartibga solish normalari va nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Strategiya doirasida amalga oshiriladigan islohotlar natijasida:
- davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlarining bank tizimi jami aktivlaridagi ulushini joriy 16 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 60 foizgacha oshirish;
- banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining umumiy majburiyatlardagi ulushini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
- davlat ulushiga ega kamida uchta bank kapitaliga 2025 yilga qadar yetarli tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish;
- banklar depozitlarining majburiyatlariga nisbatini joriy 41 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 50 foizga oshirish;
- banklarning xorijiy valyutadagi majburiyatlarining jami majburiyatlardagi ulushini joriy 58 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Mamlakat bank-moliya sektori rivojlanish darajasi va barqarorligini baholash maqsadida 2024 yilning yakuniga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholash nazarda tutilmoqda.
|
| |